Marsni razvedka qilishga yuborilgan HiRES kamerali sun’iy yo‘ldosh “Qizil sayyora” yuzasining janubi-g‘arbiy qismida, Melas Chashma kanyonida, noodatiy suratlarni tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldi. Suratlar Arizona universitetining saytida e’lon qilindi.
Suratlar 2007-yilning iyulida olingan, biroq dastlabki rakurs tadqiqotchilarga qiziqarli detalni payqash imkonini bermagan. Olimlarning aniqlashicha, suratga olingan hudud relyefi Xitoy ajdarining chizgilarni yodga soladi.
“Biz Melas Chashma janubi-g‘arbidagi materialning suratini ag‘darib ko‘rganimizda u afsonaviy Xitoy ajdarining ko‘rinishini yodga solib yubordi”, — deydi tadqiqotchilar.
Bu Mars yuzasida duch kelingan birinchi g‘ayrioddiy topilma emas. Bunga qadar tadqiqotchilar “Pakmen”ni, shuningdek, “Yulduzli yo‘l” serialidagi yulduzli flotning logotipiga ham duch kelgan.
Izoh (0)