Olimlar Yer sayyorasi magnit maydonining “tovushi”ni taqdim etdi. Audioyozuv Yevropa kosmik agentligining Twitter’dagi sahifasida paydo bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, audioyozuvni BepiColombo apparati magnitometr yordamida amalga oshirgan. U Yevropa va Yaponiya kosmik agentliklari — ESA hamda JAXA missiyasi doirasida ishlaydi.
https://twitter.com/ESA_Bepi/status/1252506142237958144
BepiColombo 2018-yilda uchirilgan. Uning asosiy vazifasi Merkuriy sayyorasining tovushini o‘rganish. Sayyora atrofida olti marotaba aylanishni amalga oshirganidan so‘ng, apparat Venerani ham ikki marta aylanishi kerak bo‘ladi.
Mavzuga doir: Olimlar koronavirus “ohangi”ni yozib oldi (audio)
Izoh (0)