Eron hukumati Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi orbitaga mamlakat tarixida birinchi bor harbiy maqsadlarga mo‘ljallangan kosmik apparatni uchirishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda Eron televideniyesiga tayanib, Reuters xabar berdi.
“Nur” nomini olgan sun’iy yo‘ldosh orbitaga ikki pog‘onali raketa-tashuvchi yordamida mamlakatning markaziy qismidagi kosmodromdan uchirilgan.
Hozircha boshqa manbalar sun’iy yo‘ldosh uchirilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqlamagan.
Avvalroq Eron kosmik apparatni orbitaga uchirish bo‘yicha bir necha muvaffaqiyatsiz sinovlarni o‘tkazgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ta’kidlanishicha, ballistik raketalar dasturi yordamida sun’iy yo‘ldoshlarni uchirishda foydalanish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning oktabrida Eron o‘z fazogirini koinotga yuborishini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)