Vashingtonda KXDR yetakchisi Kim Chen Inning sog‘lig‘i yomonlashgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan. Bu haqda Amerika prezidenti Donald Tramp Oq uyda o‘tkazilgan brifing vaqtida ma’lum qildi.
“Hech kim buni tasdiqlamadi. CNN bu kabi xabarlar bilan chiqsa, men ularga unchalik ishonmayman”, — deydi Tramp.
AQSh prezidenti Kim Chen Inning sog‘lig‘i chindan ham yomon bo‘lsa, u holda uning sog‘ayib ketishiga tilak bildirgan.
Avvalroq CNN telekanali AQSh KXDR yetakchisi Kim Chen Inning sog‘lig‘i jarrohlik amaliyotidan so‘ng yomonlashgani to‘g‘risidagi razvedka ma’lumotlarini o‘rganayotganini ma’lum qilgandi. Daily NK’ning yozishicha, Kim Chen Inda 12-aprel kuni yurak-qon tomir tizimiga bog‘liq jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Ta’kidlanishicha, hozirda KXDR yetakchisi sog‘lig‘ini qayta tiklamoqda.
CNN’ning ma’lumotlariga ko‘ra, Kim Chen In so‘nggi marta 11-aprel kuni ommaga ko‘rinish bergan. Shuningdek, u Kim Ir Sen tug‘ilganiga 108 yil to‘lishi munosabati bilan 15-apreldagi marosimni o‘tkazib yuborgan.
Izoh (0)