Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Eron Axborot va kommunikatiya texnologiyalari vaziri Javod Azariy Jahromiy mamlakat fazoga astronavt yuborishini, biroq buning uchun boshqa davlatlar yordami ham talab etilishini ma’lum qildi. Bu haqda Mehr axborot agentligi ma’lumotiga tayanib “RIA Novosti” xabar berdi.

Biz eronlik kosmanavtni fazoga chiqarishimiz zarur, bu boshqa davlatlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiriladi, — deya qayd etgan Jahromiy Butunjahon fazo haftaligida.

AQSh bir kechada uchta katta fazoga aloqador idoraga nisbatan sanksiya qo‘lladi, lekin ushbu harakatlar eronlik olimlarni o‘z yo‘lidan qaytara olmaydi, — degan Eron vaziri.

AQSh Moliya vazirligi 3-sentabrda Eron fazo idoralariga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilganini e’lon qilgan. Cheklov choralari forslarning Astronavtika tadqiqot instituti, Fazo agentligi hamda Eron fazoni tadqiq etish markaziga nisbatan qo‘llanilgan. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo o‘z bayonotida Eron fuqarolik kosmik agentligi ushbu sanksiyalar qo‘llanilganligining asosiy sababi ushbu tashkilotning ballistik raketa dasturi tadqiqotlari bilan faol shug‘ullanganligi ekanini ta’kidlagan.

AQSh hukumati Eron fazoga uchirish uchun fuqaro kosmik yadro raketalarining texnologiyasi ballistik raketalar programmasi bilan amaliy jihatdan bir xil ekanligini ta’kidlagan. Bunda raketalar bosqichlari, dvigatel ishga tushishining yuqori bosqichi va ko‘p bosqichli boshqaruv tizimlari o‘xshash ekani qayd etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ekologik ofat”: Kaxovka GES portlashining beshta dahshatli oqibati
Kino
“Odamlarga insoniyatni qirib yuboruvchi kometadan qaysidir mashhur xonandaning ishqiy munosabati qiziqroq…” — “Tepaga qaramang” filmi haqida
Dunyo
Shimoliy Koreyada o‘z joniga qasd qiluvchilar soni ko‘paymoqda