AQShda o‘tgan bir sutka ichida 2,7 mingdan ortiq bemor koronavirus oqibatida vafot etdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan bir sutka ichida 2751 kishi koronavirus qurboniga aylangan.
Ta’kidlanishicha, AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 825 ming kishidan oshib ketdi. Mamlakat COVID-19 bilan kasallanganlar bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda ketmoqda. Butun dunyoda esa koronavirus bilan kasallanganlar 2,5 milliondan oshdi. AQSh ortidan Ispaniya 204 ming bemor bilan o‘rin olgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinda — Italiya (qariyb 184 ming) joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, 15—16-aprel kunlari mamlakatda koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha kunlik antirekord yangilangan edi — bir sutkada qariyb 4,6 ming bemor vafot etgan.
Avvalroq AQShda koronavirusning ikkinchi to‘lqini birinchisidan ham xatarli bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingandi. Missuri shtati bosh prokurori esa koronavirus sabab Xitoyni sudga berdi.
Mavzuga doir: JSST vakili koronavirus bilan bog‘liq o‘lim holatlarining hisob-kitobi qanday olib borilayotganini tushuntirdi
Izoh (0)