20-aprel, dushanba kuni, soat 21:45 larda Qashqadaryo viloyati Muborak tumani hududida Spark va “ZIL MMZ554” avtomobillari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi.
Ichki ishlar vazirligi YHXBB xabariga ko‘ra, hodisa A380 G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu avtomobil yo‘lining 121-kilometrida sodir bo‘lgan. 1988-yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.S. Spark rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagiga chiqib ketgan. Spark qarshisidan kelayotgan, 1979-yilda tug‘ilgan haydovchi D.X. boshqaruvida bo‘lgan yuk transport vositasi bilan to‘qnashib ketgan.
Spark haydovchisi Sh.S. tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, 16-aprel kuni Xorazmda Nexia traktor tirkamasiga “yetib olishi” oqibatida bir kishi halok bo‘lgandi.
Izoh (0)