O‘zbekistonda 20-aprel soat 14:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1582 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Avvalroq 19-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1565 taga yetgani ma’lum qilingan edi. Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning “O‘zbekiston 24” telekanali orqali bergan bayonotida 20-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlar soni o‘zgarishsiz qolgani ma’lum bo‘lgan.
O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning besh nafari vafot etdi, 238 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.
Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda karantin tartibi 10-mayga qadar uzaytirildi, Respublika maxsus komissiyasi karantin davri uchun yangi tartiblarni e’lon qildi.
Izoh (0)