Markaziy bank 21-apreldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra dollarning rasmiy kursi 16,94 so‘mga ko‘tarilib, 10 137,94 so‘mni tashkil qildi. Yevro 85,83 so‘mga tushib, 11 026,02 so‘m bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 14-aprelda O‘zbekiston banklarida dollar 9850 so‘mgacha ko‘tarilgan, kun yakunida esa 1 AQSh dollarining qiymati 10 ming so‘mdan oshgandi, 15-aprelda O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 10,1 ming so‘mdan oshdi.
Markaziy bank raisi dollar kursi keskin ko‘tarilganiga izoh berib, bozor devalvatsion kutilmalar hisobga olinib, talab va takliflar asosida shakllantirilsa, o‘zi ma’lum muvozanatga kelishini aytgandi.
Izoh (0)