Xiaomi kompaniyasi smartfonlarga osonlikcha ulanadigan hamyonbop Redmi AirDots S naushniklarini taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Ilk Redmi AirDots murakkab sxema bo‘yicha ishlardi — naushniklardan biri smartfonga ulanar, undan keyin ikkinchisi bilan muvofiqlashar edi. Yangi AirDots S qolgan simsiz naushniklar kabi ishlaydi — ikkisi ham bir vaqtda smartfonga ulanadi. Ulanish ancha tezkor, barqaror va kamroq vaqt talab etadi.
Yangi AirDots S tashqi ko‘rinishi bilan o‘zidan oldingi modeldan farq qilmaydi. Naushniklar bir marta quvvatlanish orqali 4 soat ishlay oladi, keys esa avtonomlikni 12 soatga qadar oshirib berishi mumkin. Musiqani boshqarish, ovozli yordamchini ishga tushirish va qo‘ng‘iroqlarga javob berish uchun imo-ishoralar tizimi mavjud — naushniklardan biriga teginish yoki barmoqni bosib turish kifoya.
Redmi AirDots S Xitoyda 99 yuandan sotilmoqda — bu taxminan 13 dollar atrofida. Yangi naushniklar qachon savdoga chiqishi noma’lum.
Izoh (0)