2019-yilda Qualcomm kompaniyasi o‘zining protsessorlari 192 megapikselgacha bo‘lgan mobil kameralarni qo‘llab-quvvatlay olishini ma’lum qilgandi. Qachondir, bu kabi piksellar lof bo‘lib tuyulgan bo‘lishi mumkin, biroq 108 megapikselli kamera paydo bo‘lgach hammasi vaqtga bog‘liq bo‘lib qoldi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Gizmochina o‘zining xitoylik insayderiga tayanib ma’lum qilishicha, may oyida 192 megapiksel kameraga ega smartfon taqdim etilishi kutilmoqda. Qurilma Snapdragon 765 protsessori bazasida ishlaydi, bu esa nomi oshkor qilinmagan gadjet haqida bir qator savollarni yuzaga keltiradi.
Chip chindan ham 192 megapikselli kamera orqali suratga olish imkoniyatini taqdim eta oladi, biroq ko‘plab muhim funksiyalar, masalan, HDR bu kabi yuqori piksellar sonida normal ishlay olishi noma’lum. Bundan tashqari, sensor smartfon uchun qanchalik optimallashtirilgan bo‘lishi ham aniq emas.
Ishlab chiqaruvchi rekord kameraga ega devaysni qanday ishlab chiqarishiga aniqlik kiritilmagan. Shu sababli bu kabi mish-mishlarga ishonib qolmaslik kerak.
Mavzuga doir: Xiaomi hamma yog‘i ekrandan iborat smartfonni namoyish etdi. Uning puliga to‘rtta iPhone beradi
Izoh (0)