Koronavirus pandemiyasi aksariyat odamlarni ofisdan masofaviy ishga o‘tishga majbur qildi. Xodimlar shovqinli ofislarni osoyishta xonadonlarga almashtirdi. Aynan shunday insonlar uchun imisstheoffice.eu —“Men ofisni sog‘inyapman” sayti ishga tushirildi.
Saytda hamkasblar va o‘ziga xos tovush chiqaruvchi buyumlarga ega virtual ofis mavjud.
Tinglash tugmasi ofisga xos barcha tovushlarni bir vaqtda ishga tushiradi: hamkasblar nimanidir baland ovozda muhokama qila boshlaydi, kimdir hujjatlarni chop etadi, suv uchun kuler ishlab turadi, ventilyatsiya tizimi ovozi eshitiladi, telefon jiringlaydi va hokazo.
Sayt yaratuvchilari ofis hajmini ham ko‘zda tutgan. Bunda 10 nafargacha hamkasbni tanlash mumkin. Ofisdagi shovqinning past-balandligi shunga bog‘liq.
Saytda hatto interfaol element ham mavjud, sahifada istalgan buyum yoki xodimning ustiga bossangiz, u balandroq ovoz chiqara boshlaydi.
Izoh (0)