Samarqand shahrida 6-aprel kuni kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilikdan so‘ng shahar ko‘chalarida suv toshqinlari yuz bergani, xonadonlardan birining devori qulab tushgani haqida xabar berilgan edi.
Samarqand viloyati hokimligi tomonidan ma’lum qilinishicha, shahar mutasaddilari kuchli yog‘ingarchiliklar paytida vaziyatdan chiqish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda.
Mavzuga doir: Venetsiyaga aylangan Samarqand. Yomg‘ir suvi nega ko‘chalar bo‘ylab toshib ketgani izohlandi (video)
Hokimlikning ma’lum qilishicha, ayni paytda kanallar yoqasida bir paytlar noqonuniy yo‘l bilan qurilgan, ammo keyin rasmiylashtirilgan 300 dan ortiq uyni buzib tashlash zarur. Bu jarayonlar sudda ko‘rilmoqda. Ammo ba’zi bir fuqarolarning o‘zboshimchalik, o‘jarlik holatlari asosiy suv yo‘llarini tiklashga xalaqit bermoqda.
“Bunday paytda biz shahar aholisining oqilona yo‘l tutishiga, qilinayotgan ishlar ko‘hna shahrimiz obodonchiligi uchun ekanligini tushunishiga ishonamiz”, — deyiladi viloyat hokimligining xabarida.
Avvalroq Samarqanddagi suv toshqinlari vaqtida qutqaruvchilar 52 ta xonadonga yordam ko‘rsatgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)