Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-aprel, juma kuni, “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar berdi.
Qonunga muvofiq, 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi. Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun — 21-oktabr sanasini “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilish to‘g‘risidagi taklif Prezident tomonidan ma’qullangan edi.
Izoh (0)