Imperiale Joaillerie kolleksiyasi yana bir o‘ziga xos model bilan ko‘paydi. Taqdim qilingan soatning asosiy xususiyati, Vizantiyaning baxmal ustiga ipak bilan tushirilgan kashtalarini esga soluvchi tilla iplar bilan ishlov berilganida, deb yozadi Vogue.
Chopard bunday natijaga erishish uchun 22 karatlik tilladan qilingan ingichka ipdan foydalangan, iplar bir-birga qo‘shib o‘ralgan.
Siferblat markaziga tushirilgan qimmatbaho surat atrofiga brilliant bilan dumaloq shaklda ramka qilingan. Soatning kamar qismi alligator terisidan ishlangan to‘q ko‘k charmdan iborat bo‘lib, u soatning hashamatli ko‘rinishiga yanada ko‘rk qo‘shadi.
Izoh (0)