Daryo

Bvlgari brendi ayol va erkaklar uchun yangi soat modelini taqdim qildi

Soatdagi brend logosi harflari brilliant bilan naqshsimon qilib yozilgan

1 daqiqa o‘qish21 282 ko‘rishlar0 izoh0
Foto:

Italiyaning mashhur zargarlik brendi Bvlgari Lvcea ayollar,  Octo Finissimo erkaklar kolleksiyasidan yangi qo‘l soatlar modelini taqdim qildi. Bu haqda “Buro 24/7” nashri ma’lum qildi.

Foto: “Buro 24/7”

Ayollar uchun mo‘ljallangan modelning o‘ziga xosligi — soatga brend logosi harflarining brilliant bilan naqshsimon qilib yozilganida. Soat korpusi 18 qirot (karat), oq oltinli sapfir bilan qoplangan bo‘​lib, soat tasmasi alligator terisidan ishlangan.

Foto: “Buro 24/7”

Erkaklar uchun mo‘ljallangan Octo Finissimo Skeleton Ceramic ultranozik soatlari yuqori texnologiyali keramikadan ishlangan. Korpus 40 millimetrli siferblat bilan pardozlangan bo‘lib, model brasletiga abraziv uskuna yordamida ishlov berilgan.

Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar