Tesla kompaniyasining Model S elektrosedani otga qarshi poygada ishtirok etdi. Insideevs’ning yozishicha, poyga o‘tloq joyda bo‘lib o‘tgan.
Ishtirokchilar klassik ssenariyga rioya qilishlari lozim edi — to‘g‘ridagi masofani bosib o‘tib, 180 daraja ortga burilgan holda yana qaytib kelish.
Start berilganidan so‘ng elektrokar poygachi otdan o‘tib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq Tesla haydovchisi burilishda xatolikka yo‘l qo‘ydi — u avtomobilning trayektoriyasini to‘g‘ri hisoblay olmagan.
Natijada finishga birinchi bo‘lib ot yetib kelgan.
Izoh (0)