“Tarona rekords” kompaniyasi xonanda Rayhonga ijodini boshlayotgan yillarda katta yordam bergan. Bu haqda xonanda “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida so‘zlab berdi.
“2000-yillarda faqat ‘Tarona rekords’ albom chiqarardi. O‘shanda men ham ushbu kompaniyaga murojaat qilganman. Ular menga chegirma qilib berishgan. ‘O‘zbegim taronasi’ radiosi ham ushbu kompaniyaga tegishli. Ular qo‘shiqlarimni radio orqali bepul rotatsiya qilib berishgan. Men buning evaziga radioda boshlovchi bo‘lib ishlaganman. Bu o‘ziga xos ‘barter’ edi. Ravshan akadan bularning barchasi uchun minnatdorman. Ijodini endi boshlayotgan san’atkor uchun har qanday yordam juda muhim”, — deydi Rayhon.
“Tarona rekords” kompaniyasi asoschisi, Shahzodaning sobiq turmush o‘rtog‘i, Lolaning otasi Ravshan Yo‘ldoshev 30-mart kuni yurak xuruji oqibatida olamdan o‘tdi. Marhum hayotining so‘nggi daqiqalarida uning yonida sobiq rafiqasi, xonanda Shahzoda bo‘lgan.
Izoh (0)