Xonanda Shahzoda sobiq turmush o‘rtog‘i Ravshan Yo‘ldoshev hayotining so‘nggi daqiqalarida uning yonida bo‘ldi. Bu haqda xonandaga yaqin insonning so‘zlariga asoslanib, jurnalist Jasur Hamroyev ma’lum qildi.

Foto: “Shov-shuv.uz”

“Zilola (Shahzoda) turmush o‘rtog‘i hayotining so‘nggi damlarida birga bo‘ldi. ‘Tez yordam’ borganida men ham yetib kelgandim. O‘lim sababi — miokard infarkti. Zilola (Shahzoda) yig‘lab ado bo‘ldi. Uy qarindoshlariga to‘la. Peshinda janoza”, — degan Shahzodaga yaqin inson.

Xonanda Lolaning otasi, taniqli prodyuser 59 yoshli Ravshan Yo‘ldoshev 30-mart kuni yurak xurujidan vafot etdi.