• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistondagi to‘yda bo‘lib qaytgan qozog‘istonlik ayolning koronavirus yuqtirib olgani yuzasidan rasmiy bayonot berildi

    O‘zbekistondan qaytgan Qozog‘iston fuqarosida koronavirus aniqlangani va u Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanidagi to‘yda ishtirok etgani haqida xabar berilgan edi. Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu holat yuzasidan bayonot berdi.

    Qayd etilishicha, vaziyat yuzasidan Qozog‘istonning tegishli idoralari tomonidan O‘zbekistonga rasmiy ma’lumot kelib tushmagan. Vazirlik tomonidan chuqurlashtirilgan profilaktik chora-tadbirlar (epidemiologik surishtiruv) o‘tkazilmoqda.

    Ma’lum bo‘lishicha, 14-mart kuni Qozog‘istonda doimiy yashovchi 20 nafar fuqaro mikroavtobusda Qoraqalpog‘istonga mehmonga kelib, shularning 16 nafari  To‘rtko‘l tumani “Tozabog‘yop” OFYda yashovchi fuqaroning uyida mehmon bo‘lib qolgan. Qolgan 4 nafar mehmon Ellikqal’a tumani “Ellikqal’a” OFYda yashovchi fuqaroning uyiga mehmonga ketgan.

    Qozog‘istonlik fuqarolarning O‘zbekistonga kelishdan maqsadi to‘y marosimida ishtirok etish bo‘lgan.

    Mavzuga doir: Qozog‘istonda koronavirusga chalingan qiz kasallik haqida ilk bor ochiq gapirdi

    14—25-mart kunlari oralig‘ida To‘rtko‘l tumanida bo‘lgan fuqarolar 3 xonadonda mehmonda bo‘lib, 18-mart kuni nikoh to‘yda qatnashgan. Ellikqal’a tumanida bo‘lgan fuqarolar 2 xonadonda mehmonda bo‘lgan.

    Mehmonga kelgan 20 nafar fuqaro 25-mart kuni To‘rtko‘l tumanidan Toshkent viloyatining “G‘ishtko‘prik” chegara posti orqali Qozog‘istonga chiqib ketgan. Yo‘lda ketayotib hech qayerda to‘xtamagan, boshqalar bilan muloqot qilmagan, o‘zlarining yonida bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilgan.

    Qozog‘iston fuqarolarining barchasi 26-mart kuni o‘z manzillariga yetib borgan va ular tegishli tartibda karantinga olingan. Ularning ichida 60 yoshli ayolda laboratoriya tekshiruvlari natijasi bo‘yicha koronavirus borligi gumon qilinib, yuqumli kasalliklar kasalxonasiga joylashtirilgan.

    Ayolning yaqinlari bergan ma’lumotga ko‘ra, uning laboratoriya tekshiruv natijasi koronavirusni ko‘rsatgan bo‘lsa ham, ayolda va u bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolarda kasallik belgilari yo‘q, ularning ahvoli yaxshi.

    Vazirlik xabarida aytilishicha, To‘rtko‘l va Ellikqal’a tumanlarida qozog‘istonlik fuqarolar bilan muloqotda bo‘lgan odamlar aniqlanib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan, tegishli laboratoriya tahlillari olingan. Ularning tana harorati nazoratga olinib, 14 kunlik uy sharoitidagi karantinga olingan. Shu kunga qadar bu fuqarolarning hech birida koronavirus kasalligining belgilari aniqlanmagan.

    Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirining ma’lum qilishicha, To‘rtko‘l tumanida karantinga olingan 3 ta oilaning a’zolari koronavirusga test topshirgan va ularning hech birida infeksiya aniqlanmagan.

    Bayonotda qo‘shimcha qilinishicha, 31-mart soat 22:30 holatiga ko‘ra Qoraqalpog‘istonda koronavirusga chalingan birorta bemor aniqlanmadi.

    O‘zbekistonda 1-aprel Toshkent vaqti bilan 10:00 holatiga koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 173 nafarni tashkil etmoqda. Virus mamlakatga kirib kelganidan beri ikki kishi bu kasallik oqibatida vafot etgan. Qozog‘istonda esa 363 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, virusdan 3 kishi vafot etdi.

    Mavzuga doir: Butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 850 ming kishidan oshdi

    01.04.2020, 12:33   Izoh (0)   62063
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash targ‘iboti doirasida bolalar uchun interfaol o‘yin yaratildi

    01.04.2020, 11:58

    Qo‘qonda koronavirusga chalinganlar haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan deputatga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

    01.04.2020, 11:12

    Toshkentda maxsus ruxsatnomasiz avtomobil boshqarayotganlarga qarshi reyd boshlandi

    01.04.2020, 10:36

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 173 nafarga yetdi

    01.04.2020, 10:03

    Toshkentda karantin sabab “uyda qolgan” mashinalar — suratlarda

    01.04.2020, 09:29

    “Koronavirus boshqalar uchun, men uchun emas”. Buxorolik fuqaro karantin qoidalarini buzdi (video)

    01.04.2020, 08:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.