O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash targ‘iboti doirasida Yoshlar ittifoqi raisi Alisher Sa’dullayev g‘oyasi asosida interfaol o‘yin yaratildi. Bu haqda ittifoq raisi maslahatchisi, Telegram’dagi “Koronavirus Info” kanali administratori Hikmatilla Po‘latov ma’lum qildi.
Hikmatilla Po‘latovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu o‘yin uchta – o‘zbek, rus va ingliz tillarida bo‘lib, bolalarni sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishga undashga yordam beradi.
Ta’kidlanishicha, mazkur o‘yindagi qahramonlar o‘zbek milliy an’analariga mos holda tasvirlangan. O‘yin yakunida bolalarga Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari eslatib o‘tiladi.
“Mazkur g‘oya bo‘yicha YuNISEF bilan ish olib bormoqdamiz. YuNISEF vakillari ushbu g‘oya BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga taqdim etilishini, uning targ‘iboti kuchaytirilishini ma’lum qilishdi”, — deydi Po‘latov.
Izoh (0)