• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shaxsiy avtomobilda harakatlanish uchun maxsus ruxsatnoma berishning yangi tartibi e’lon qilindi

    O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi shaxsiy avtomobilda harakatlanish uchun maxsus ruxsatnoma berishning yangi tartibini e’lon qildi.

    Foto: Telegram/Huquqiy axborot

    Foto: Telegram/Huquqiy axborot

    Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 2020-yil 30-martdan 20-aprelga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida avtotransport vositalari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanishi mumkinligi belgilandi.

    Shunga ko‘ra, Toshkent shahridagi Davlat xizmatlari markazlari orqali 10 000 dan ortiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi Davlat xizmatlari markazlari orqali 6 000 dan ortiq murojaatlar qabul qilindi.

    Hozirga paytgacha 1 kun ichida tezkor ravishda 5500 ta ruxsatnoma rasmiylashtirildi.

    Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat markazidagi Davlat xizmatlari markazlariga ko‘plab fuqarolar tashrifi kuzatildi.

    Bu hol karantin talablarining buzilishiga, ko‘plab fuqarolarning bir vaqtning o‘zida bir joyda to‘planishiga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari aynan shu masalada fuqarolar tomonidan ko‘plab murojaatlar bo‘ldi.

    Shuning uchun amaldagi tartibni takomillashtirib, respublikada avtotransport harakati bilan bog‘liq kelib tushgan takliflarni e’tiborga olib, yangi tartib ishlab chiqildi.

    Endilikda avtotransport vositalarini boshqarish uchun beriladigan ruxsatnoma (stiker) uchun arizaning masofadan turib, ya’ni onlayn tarzda topshirilishi bo‘yicha tizim joriy etildi.

    Unga ko‘ra, maxsus ruxsatnomani berish bepul amalga oshiriladi. Buning uchun onlayn shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida so‘rovnoma to‘ldirilishi lozim.

    Tartibga ko‘ra, quyidagi turdagi avtotransport vositalariga maxsus ruxsatnoma beriladi:

    • birinchidan, oziq-ovqat mahsulotlari (jumladan, tamaki va alkogol) va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaruvchi va realizatsiya qiluvchi tadbirkorlar va u yerda ishlaydigan xodimlarning avtotransport vositalariga. Bunda dorixonalar uchun faqat har bir dorixonaga bir dona avtotransportga ruxsat beriladi;
    • ikkinchidan, umumiy ovqatlanish korxonalarining yetkazib berish xizmati (kuryer va “dostavka”)ni ko‘rsatayotgan avtotransport vositalari, shuningdek, mazkur korxonalarda doimiy ishlovchi xodimlarning shaxsiy avtotransportiga;
    • uchinchidan, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Zangiota tumanlarida, Toshkent shahrining Olmazor, Chilonzor va Yashnobod tumanlarida barpo etilayotgan shifoxona va xiyobonlar qurilishiga jalb etilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli M1 toifadagi avtotransport vositalariga.
    Shuningdek, ishlab chiqarish va texnologik jarayoni to‘xtatilishi mumkin bo‘lmagan korxonalar, gigiyenik niqob ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, dehqon bozorlarining xodimlariga tegishli vazirlik va idoralarning Adliya vazirligiga kiritadigan murojaatiga asosan alohida ruxsatnomalar rasmiylashtirib beriladi.

    Bundan tashqari, maxsus ruxsatnomasiz harakatlanish huquqi berilgan avtotransport vositalari ro‘yxati ham tasdiqlandi.

    Masalan, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar sog‘liqni saqlash tizimidagi tashkilotlarning, tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmat mashinalari va xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalariga ruxsatnoma talab etilmaydi.

    Bunda mazkur tashkilotlarning xodimlari ushbu ko‘rsatilgan tashkilotlarda faoliyat yuritayotganligi to‘g‘risidagi mehnat daftarchasi nusxasi va ish joyidan tasdiqlovchi hujjat asosida harakatlanadi. Ushbu xodimlar faqat ish joyiga yetib borish va uyga kelish maqsadida o‘z avtotransportidan foydalana oladi, ya’ni faqat xizmat yuzasidan harakatlanishiga yo‘l qo‘yiladi.

    Xuddi shunday, mavsumiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchi M1 (bir nafar yo‘lovchi bilan) toifadagi jismoniy shaxslarga tegishli shaxsiy avtotransport vositalariga ruxsatnoma talab etilmaydi. Bundan ko‘zlangan maqsad — bozorlarga oziq-ovqat mahsulotlarining erkin kirib kelishini ta’minlash va narxlarning asossiz oshib ketishining oldini olishdir.

    Maxsus ruxsatnomani olish tartibi, shuningdek, avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro‘yxati OAV orqali e’lon qilindi. Ular bilan batafsil tanishib chiqishingiz, unda belgilangan cheklovlarga qat’iy amal qilishingiz so‘raladi.

    Shu bilan birga bugungi kundagi ijtimoiy masofalashuvni saqlash (jamoat joylarida ham 1,5-2 metr masofani saqlash), ko‘chalarga muhim zaruriyat bo‘lmaganda chiqmaslikka chaqiramiz.

    Avtotransportlar harakatining cheklanishi noqulayliklar tug‘dirishi tabiiy, shu bilan birga, respublikada koronavirusning keng tarqalib ketishining oldini olishda hozirgi sharoitda bu eng zarur va maqbul yo‘ldir, deyiladi komissiya axborotida.

    Mavzuga doir: 

    • Namanganda karantindan qochgan 36 yoshli fuqaro jarimaga tortildi
    • Sirdaryoda karantin qoidalarini buzgan oziq-ovqat do‘koni sotuvchisi jarimaga tortildi
    • Toshkentda karantinga qaramay kuyov-navkar o‘tkazgan kelinning otasiga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
    Avval Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi 1-aprelgacha shaxsiy avtomobillardan ruxsatnomasiz foydalanish mumkinligini rad etgani, Ichki ishlar vazirligi ruxsatnoma stikeri bo‘lmagan avtomashinalar haydovchilariga qanday jazo qo‘llanishini ma’lum qilgani xabar qilingandi.

    31.03.2020, 01:09   Izoh (0)   186490
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini 10 mln so‘m bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

    31.03.2020, 00:30

    Prezident Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ish haqining bir qismini “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga o‘tkazdi

    30.03.2020, 23:11

    Toshkent viloyatida koronavirusga qarshi kurash doirasida ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatildi (foto)

    30.03.2020, 22:24

    Qirg‘izistonda koronavirusdan dastlabki uch bemor sog‘aydi. Ularning bari o‘zbeklar

    30.03.2020, 21:37

    Turkiyadan O‘zbekistonga import qilingan 23 ming tup olma ko‘chati zararli organizm sababli yo‘q qilindi

    30.03.2020, 20:52

    “Quvasoysement” koronavirusga qarshi kurash uchun 100 mln so‘m xayriya qildi

    30.03.2020, 20:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda beshta oliygohga kirolmagan talabgor oltinchisiga qabul qilinishi mumkin

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:48

    Endi oliygohlar davlatdan to‘plangan ballariga qarab pul oladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:41

    Birgina reklama puliga poytaxtdan kvartira: mashhurlar ijtimoiy tarmoqlardan qancha daromad oladi?

    Layfstayl | 8 avgust, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:16

    Oltinga burkangan qasr: Tramp Oq uyga qanday o‘zgartirishlar kiritdi? (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 16:00

    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi

    Reklama | 8 avgust, 15:00

    Shavkat Mirziyoyev ishga joylashishni hisob-kitob qilishdagi kamchiliklarni tanqid qildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 15:43

    “Falastin Pelesi” Sulaymon al-Ubayd G‘azo janubidagi hujumda halok bo‘ldi

    Sport | 8 avgust, 15:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.