O‘zbekistonliklar so‘nggi paytlarda smartfonlariga ko‘proq o‘yinlarni yuklay boshladi. Bu haqda App Annie servisi ma’lumotlariga asoslanib, Spot xabar berdi.
1-martdan 15-martgacha o‘zbekistonliklar o‘rtasida eng ko‘p yuklangan 100 ta dasturning 17 foizini o‘yinlar tashkil etgan bo‘lsa, 15-martdan 30-martgacha bu ko‘rsatkich 58 foizga o‘sgan. Bu iOS va Android qurilmalariga birdek tegishli.Android’da ishlovchi smartfonlar egalari, masalan, Slap Kings, Hunter Assassin, Subway Surfers, PUBG Mobile, Fun Race 3D, Cover Strike, Stickman Party va boshqa o‘yinlarni ko‘proq yuklab olmoqda.
iOS tizimida ishlovchi smartfondan foydalanadiganlar esa PUBG Mobile, Durak Online, Slap Kings, Special Force Group 2, Call of Duty: Mobile, Arrow Master, Save The Girl!, Dream League Soccer 2020 va boshqa o‘yinlarni tanlagan.
Karantinda o‘zbekistonliklar o‘rtasida ommalashgan mobil dasturlar orasida yetkazib berish xizmatlari (LeBazar, Express24), videoservislar (Allplay, Mediabay), ijtimoiy tarmoqlar (VK, TikTok) ham bor.
Eng ommabop 100 ta mobil dastur ro‘yxatiga ilk marta Netflix ham qo‘shilgan.
Izoh (0)