Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg internetda tarqalayotgan zararli kontentni nazorat qilish taklifini bildirdi, deb xabar qiladi Reuters.
“O‘ylashimcha, zararli kontent nazoratga olinishi kerak… Buning uchun siz qanday asosdan foydalanasiz degan savol yuzaga kelmoqda”, — deydi Myunxendagi xavfsizlik anjumanida nutq so‘zlagan Sukerberg.
Uning fikricha, ijtimoiy tarmoqlar OAV va telekommunikatsiya kompaniyalari o‘rtasida joylashgan ma’lum bir tizim tomonidan nazorat qilinishi kerak. Sukerbergning ta’kidlashicha, telekom shunchaki ma’lumotlarni uzatadi, “biroq telefon orqali kimdir yomon narsa haqida gapirsa, siz operatorni javobgarlikka torta olmaysiz”.
“O‘ylashimcha, biz o‘rtada bo‘lishimiz kerak”, — deydi Facebook asoschisi.
Sukerbergning qo‘shimcha qilishicha, Facebook’da ijtimoiy tarmoq kontentini kuzatib boruvchi 35 ming xodim bor. Kompaniya xodimlari va avtomatlashtirilgan tizimlar har kuni milliondan ortiq soxta akkauntlarni bloklaydi.
Izoh (0)