Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) yana uch haftadan so‘ng Tokio mezbonlik qiladigan yozgi Olimpiada o‘yinlarining yangi muddatini e’lon qiladi.
Kyodo agentligining xabar qilishicha, XOQ ko‘plab sport federatsiyalarining iltimosini inobatga olgan holda o‘yinlarni yozning jaziramasiga qoldirmay, 2021-yilning bahorida o‘tkazish qaroriga kelishi ham mumkin.
24-mart kuni Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe va XOQ rahbari Tomas Bax koronavirus sabab Tokio Olimpiadasini 2021-yilga ko‘chirish borasida kelishuvga erishgani xabar qilingandi. Shunisi aniqki, Olimpiya o‘yinlari 2021-yilning yozidan kechikmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvaliga Tokio—2020 musobaqasi 2020-yilning 24-iyulidan 9-avgustga qadar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi.
Mavzuga doir:
- Rasman: Koronavirus sabab Tokio—2020 Olimpiadasi 1 yilga kechiktirildi
- Kanada Tokio—2020 Olimpiadasiga sportchilarini yuborishdan bosh tortdi
- Olimpiada mash’alasi yoqildi. Tadbir muxlislarsiz o‘tkazildi
- Koronavirus sabab O‘zbekistonda xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari vaqtincha to‘xtatildi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)