Amsterdamning “Ayaks” klubi 22 yoshli sobiq futbolchisi Abdulhaq Nuri 2 yil-u 8 oydan so‘ng koma holatidan chiqdi. Bu haqda Algemeen Dagblad nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Nuri endilikda aravachaga o‘tira olishi mumkin. Shuningdek, taomlarni mustaqil ravishda tanovul qilishga o‘tgan.
Ma’lumot uchun, asli kelib chiqishi marokashlik bo‘lgan Abdulhaq Nuri 2017-yil 8-iyunida mavsumoldi yig‘inlari doirasida Bremenning “Verder” klubiga qarshi bahsda hushidan ketib, maydonga yiqilgandi. Keyinroq shifokorlar futbolchiga miyaning og‘ir shikastlanishi tashxisini qo‘ygandi. Nur shundan beri koma holatida edi.
Nuri 1997-yil 2-aprelda Amsterdamda tug‘ilgan. U “Ayaks” tarbiyalanuvchisi. Niderlandiyaning turli yoshdagi termalari safida to‘p surgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)