“Barselona” futbol klubi koronavirus sabab inqirozga qarshi choralarni qo‘llashini ma’lum qildi.
Klub barcha xodimlar uchun ish soatini qisqartirdi va shunga mos ravishda maoshlar ham kamaytirildi.
“Barselona” qo‘llayotgan chora mehnat qonunchiligaga muvofiq va mutanosib. Bizning maqsad — klub faoliyatini iloji boricha tezroq qayta tiklash”, — deyiladi klub bayonotida.
Bundan tashqari, pandemiya vaqtida “Barselona”ga tegishli sport obyektlari Kataloniya sog‘liqni saqlash departamenti ixtiyoriga topshiriladi.
27-mart holatiga Ispaniyada koronavirusga yo‘liqqanlar soni 57,5 mingdan oshdi. 4300 nafardan ortiq kishi vafot etgan.
Izoh (0)