Surxondaryo viloyatida sodir bo‘lgan YTHda 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea 26-mart kuni soat 14:00 larda, Surxondaryo viloyati, Termiz tumanining “Ayritom” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-99 Manguzar—Xonrabod—Shartuz avtomobil yo‘lining 14—15-kilometri oralig‘ida yuz bergan. 50 yoshli haydovchi X.B. Lacetti’ni boshqarayotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgan va 24 yoshli haydovchi M.B. boshqaruvidagi Matiz’ga urilgan.
Oqibatda Lacetti haydovchisi X.B. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. Matiz’ning 45 yoshli yo‘lovchisi O‘.A. og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yetmasdan vafot etgan.
Shuningdek, Matiz’ning yana bir yo‘lovchisi 47 yoshli F.A. ham tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.
Avvalroq Qarshida mashina urib ketgan velosipedchi shifoxonada vafot etgani, Surxondaryo va Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir piyoda halok bo‘lgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)