Qarshi shahrida 24-mart kuni soat 20:00 larda Lada Samara haydovchisi sodir etgan YTH oqibatida bir kishi vafot etdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Haydovchi J.A. Lada Samara (“VAZ-2109”) mashinasida Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Kamandi ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotib, o‘zidan oldinda velosipedda harakatlanib ketayotgan A.X.ni urib yuborgan.

Oqibatda velosipedchi tan jarohatlari og‘irligi sababli shifoxonada vafot etgan.

Avvalroq Surxondaryo va Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir piyoda halok bo‘lgani xabar qilingan edi.