Ispaniyada koronavirus pandemiyasi sabab professional futbol bo‘yicha barcha chempionatlar to‘xtatildi. Bu haqda Ispaniya futbol federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mamlakatdagi barcha futbol musobaqalari noma’lum muddatga qoldirilgan. Vaziyat yaxshi tomonga o‘zgaradigan bo‘lsa, hukumatning maxsus qarori bilan musobaqalar davom etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniyada dastlab La Liga va undan keyingi ikkita quyi liga bahslari vaqtincha to‘xtatilgandi.
Ayni damda Ispaniyada koronavirusga chalinganlar soni 29 mingdan oshdi (dunyo bo‘yicha to‘rtinchi o‘rin) va 1800 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)