O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 41 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
“Mamlakatimizda tibbiy karantinda bo‘lganlar orasidan yana 4 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ayni paytga kelib ushbu infeksiya bilan kasallangan soni 41 nafarga yetdi”, — deyiladi vazirlik axborotida.
21-mart kuni kunning birinchi yarmida O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 37 nafarga yetgani ma’lum qilingan edi. Ta’kidlashlaricha, koronavirus infeksiyasi aniqlangan ilk bemorlar sog‘ayib bormoqda.
Izoh (0)