• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Uxanga koronavirusni amerikalik harbiylar olib kelganmi? Dunyoni o‘zgartirib yuboradigan 2030-yil trendlari. Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” o‘tayotgan haftada dunyo matbuotida keng yoritilgan, ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgan maqolalar sharhiga to‘xtalib o‘tadi.

    Deutsche Welle axborot nashri 2030-yilga qadar dunyoni o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan tahlillarini e’lon qildi. Deutsche Bank xulosalariga ko‘ra, yangi o‘n yillikda dunyoni pul-kredit siyosatining zaiflashuvi, kriptovalyutalarning o‘sishi, plastik pullarga talabning kamayishi, avlodlar o‘rtasidagi ixtilof va faylasuflarga bo‘lgan talabning oshishi kutilmoqda.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Oltin bilan kafolatlanmagan dunyo valyutalarining qadrsizlanishi

    Deutsche Bank’ning xalqaro tahlilchilari bunday xulosaga kelar ekan, avvalo, fidusiar va fiat pullarning zaiflashuvini taxmin qildi. Fidusiar pullar biror mamlakatning ichida hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun muomalaga chiqarilgan pullar bo‘lib, bu pullar qimmatbaho metallar qiymati bilan ta’minlanmagan. Fiat pullar esa fidusiar pullarning muqobil nomlanishi bo‘lib, ular ham biror-bir mamlakat ichida qimmatbaho metallar bilan kafolatlanmagan, o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda foydalanadigan pullar sanaladi.

    Bu pullar markaziy hokimiyat tomonidan muomalaga kiritilgan, ularning qadrsizlanishi hukumat tomonidan muhofaza qilinadigan valyutadir. Mamlakatlar tashqi qarzining ulkan darajada oshib ketishi, pullarga nisbatan ishonchning yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Shu tufayli ham Deustche Bank tahlilchilari dunyoda mazkur pullardan ko‘ra muqobil valyuta bitkoynlar, oltinga talabning oshishini taxmin qilmoqda.

    Kriptovalyuta XXI asrning naqd pullariga aylanadi

    Bankirlar nazarida kriptovalyutalar hozirgidek pul mablag‘lari to‘planishining qo‘shimcha manbasi emas, aksincha, asosiy hisob mezoni bo‘ladi, degan firkda. Kriptovalyutalarning muomalasiga to‘siq bo‘lgan omil hozirda ichki regulyator bo‘layotgan bo‘lsa, Hindiston va Xitoyning kriptovalyutalarga nisbatan salbiy munosabatini o‘zgartirayotgani bu pullarning kelajagini belgilaydi.

    Bugungi dunyo hamjamiyati naqd pulsiz hisob-kitoblar tomon intilayotgani holatida kelajakda naqd pullar emas, plastik karta pullarining yo‘q bo‘lib ketishini aytmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda, xususan, Xitoyda to‘lov tizimlarini oddiy smartfonlar yordamida amalga oshirish mexanizmi ishlab chiqilayotgani o‘z-o‘zidan plastik karta mablag‘lari kelajagini shubha ostiga qo‘ymoqda va ularning yo‘qolib ketish xavfidan darak bermoqda.

    Kelasi o‘n yillikning elektromobillari

    Elektromobil mashinalarning kelajagi borasida so‘nggi paytlarda ko‘plab “xaypli” maqolalar e’lon qilindi va bu turdagi mashinalar 2020-yildagi savdo hajmining beshdan birini tashkil qilib turgan bo‘lsa-da, keyingi o‘n yillikda elektromobillar savdo hajmi dunyo avtomobil bozorining teng yarmini egallaydi.

    Nemis banki ekspertlari hattoki 2030-yillarga borib parvoz qiluvchi avtoulovlar ham paydo bo‘lishini bashorat qilmoqda. Uchuvchisiz dronli ulovlarning ko‘payishi borasida nemis banki ekspertlari qat’iy ishonchda. Albatta, uchuvchisiz ulovlarning ayni paytdagi huquqiy asosi yetarli darajada ishlab chiqilmagan, ammo foydalanuvchilar yo‘llardagi tirbandlikning kamayishi, tibbiy dori-darmonlar va bosh mahsulotlarni manzilga tezda yetkazish imkoni kabi ijobiy jihatlarni ko‘rishlari bilanoq, mijozlar o‘z hukumatlaridan uchuvchisiz boshqariladigan ulovlarni davlat himoyasida ishlab chiqarilishini talab qila boshlaydi.

    Sun’iy ongning odob-axloq masalalaridagi yordamchilarga ehtiyoji

    Sun’iy ong borasidagi fikrlar ham taxminlar sirasidan salmoqli joy egalladi. Sun’iy ongning ko‘plab sohalarda joriy etilishi ortidan falsafa va tilshunoslik sohalarida o‘qishni xohlovchilar kontingentiga talabning oshishiga ham turtki beradi. Sababi sun’iy ong axloqiy normalarga rioya qilishida, albatta, ularga etik qaror qabul qilishda yordam beradigan yordamchilar kerak bo‘ladi. Odob-axloq masalalari aynan sun’iy ong bilan bog‘liq asosiy muammo bo‘lishini e’tirof etmoqda. Shuning uchun ham biznes vakillari falsafa va tilning nozik qirralarini tushuna oladigan tilshunoslarga zaruriyat seza boshlaydi.

    Populistlarning kuchayishi, Yevroittifoq borasidagi shubhalar va avlodlar o‘rtasidagi ixtilof

    Deustche Bank bashoratlarida, shuningdek, bir qator ijtimoiy-siyosiy bashoratlar ham o‘rin olganki, bular sirasiga rivojlangan demokratik mamlakatlarda kam ahamiyat berilayotgan uy-joyga ega bo‘lish, boylarni soliqqa tortish kabi masalalar saylovchilarni populist siyosatchilarning quchog‘iga otadi va saylovlarning kelajagini hal qiladi.

    Shuningdek, Yevropa Ittifoqi va uning bugungi institutlariga bo‘lgan ishonchning pasayishi tashkilotning kelajagiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bu esa yevroskeptiklar va markazlashishdan qochuvchi kuchlarning siyosiy poligonda o‘z nufuzlarini mustahkamlab olishi ortidan Yevropa Ittifoqining turli burchaklarida ayirmachi va buzg‘unchilarning chiqishlarini kuchaytiradi va natijada Yevropa Ittifoqi parchalanib ketishi ham mumkin. Ustiga-ustak, Janubiy Yevropadagi nochor iqtisodiy ahvol ham populistlarning siyosiy mavqelarini mustahkamlab olishiga imkon beradi. Ayni paytda Italiya va Gretsiyadagi populistlar o‘z hukumatlarini tuzib olib, buzg‘unchilikning yangi to‘lqinini yaratishga tish-tirnoqlari bilan harakat qilmoqda.

    Shunday muammolar orasida Deustche Bank avlodlar ixtilofiga alohida urg‘u bermoqda. Bugun butun dunyoda  aholi demografiyasida aholining keksayishi tendensiyasi kuzatilar ekan, bu saylovchilar yoshining ham keksayib borayotganidan ham ma’lum. Shunday vaziyatda keksa saylovchilar keksalarga manfaatli bo‘lgan, saxiy qurbonlikka tayyor bo‘lgan siyosatdonlarga ovoz bera boshlaydi. Bunisi esa “Brekzit” va Tramp saylovoldi harakatlari natijasida ancha ko‘zga ko‘rinib qoldi. Shunday bir vaziyatda yosh avlod ham barcha huquqlarni keksalarga berilishiga jim qarab turmay, aks harakatlarga qo‘l urishini kutish mumkin.

    Kasaba uyushmalarining yangicha ko‘rinishi va 6 soatlik ish kuni

    Raqamli texnologiyalar ta’sirida voyaga yetib, ulg‘ayayotgan yoshlar ham o‘z kurashlarida raqamli texnologiyalardan foydalanadi va kasaba uyushmalarining yangicha ifodasi tartib bo‘lishini ta’minlaydiki, bu eski davrning kasaba uyushmalaridan o‘z tuzilishi jihatidan ham farq qilishi mumkin. Ovoz berish, imzo yig‘ish, murojaat yo‘llash, harakatlarni boshqarishda raqamli texnologiyalar yoshlar keng foydalanadigan usul bo‘ladi.

    Yollanma ishchilarga bo‘lgan talabning global tarzda o‘sishi keksayib borayotgan jamiyatlarda yosh ishchi kuchiga bo‘lgan talabni oshirib yubormoqda. Bu esa yoshlarning olti soatlik ish kuni uchun siyosiy harakatlarni boshlab yuborishiga ham turtki bo‘lishi mumkin. Bu esa nafaqat yoshlarning, balki ish beruvchilarning ham manfaatlariga mos keladigan tendensiyadir. Sababi ish beruvchining xodimlari kamroq kasallikka chalinadi, ish mahsuldorligi ko‘tariladi, mijozlarning qoniqish hissi ham ortishiga yordam beradi, deb yakunlanadi maqola.

    Koronavirus tarqalishida AQShning qo‘li bormi?

    Rasmiy Vashington sog‘liqni saqlash sohasi budjetini 3 milliard dollarga qisqartirmoqchi bo‘lib turgan bir vaziyatda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi xodimi AQShni koronavirusning ehtimoliy o‘chog‘i sifatida ayblab chiqdi, deb yozadi The Global Times nashri. Maqola mualliflariga ko‘ra, erkin Amerika jamiyatida koronavirus bilan xastalangan bemorlarning aniq sonini yashirish ikkiyuzlamachilik emasmi, deya so‘roqlaydi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Koronavirus qanday tus olgan edi, degan savol yuzasidan Xitoy Tashqi ishlar vazirligi xodimi Chjao Liszyan 2019-yilning oktabr oyida Uxanga amerikalik harbiylar COVID–19 ni olib kelgan degan taxminni ilgari surdi. Tashqi ishlar vazirligi xodimining mazkur ayblovlari ham ayrim asoslarga ega. Bu asoslar, avvalo, AQSh Sog‘liqni saqlash departamenti bir muddat avval amerikaliklar grippdan vafot etganini ochiqlagan, analizlar ularda koronavirus mavjudligini aniqlagan. Janob Chjao AQSh hukumatidan koronavirus atrofidagi barcha sirlarni ommaga oshkor qilishni talab qilib chiqqan. Xitoyliklar hozirda mulozimning fikriga qo‘shilgan holda AQShning izohini kutmoqda.

    11-mart kuni Kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish markazi rahbari Robert Redfild vakillar palatasiga hisobot berar ekan, grippdan ayrim amerikaliklarning vafot etgani, tahlillar esa ularda COVID–19 ning aniqlanganini ma’lum qilgan. Bu esa o‘z navbatida, AQSh jamoatchiligida amerikaliklarning sog‘liqni saqlash tizimini shubha ostida qoldiradigan bahslarga sabab bo‘lgan. AQSh esa koronavirus bilan bog‘liq holat yuzasidan Xitoy hukumatini aybdor qilishda davom etib kelmoqda.

    AQSh prezidenti oddiy grippdan yiliga 27 mingdan 70 minggacha amerikalik vafot etayotganini qayd etgan holda COVID–19 dan vafot etganlar soni 22 nafarni tashkil etadi, deya bayonot bergani faktlarni yashirishga urinish deya baholanmoqda.

    AQSh Kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish departamenti ayni paytda jamoatchilik, kuzatuvchilar va amerikalik taniqli shifokorlarning tanqidi nishoniga aylandi. Ular nazarida AQShning bozor qonunlari sharoitiga moslashgan tibbiyoti hozirda, asosan, foyda olishni ko‘zlovchi tijoratga aylanganki, aholi salomatligi va xavfsizligi ikkinchi darajali. Shunday bir vaziyatda Chjao tarafdorlari AQSh COVID–19 borasida biror-bir izoh berishini kutmoqda.

    Nyu-Yorkdagi yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis Met Makmarti yaqinda qilgan chiqishida AQShda tahlillarni tezda chiqarishga yordam beradigan zamonaviy qurilmalarning yetarli emasligi, kasallikni aniqlashga yordam beradigan test tizimlarga ehtiyojning ko‘pligi borasida AQSh hukumatini keskin tanqid qilgan edi. Uning bu fikrlari oddiy amerikaliklar orasida koronavirus bilan kasallanganlar soni keltirilgan raqamlardan-da ko‘ra ko‘proq bo‘lishi mumkin demoqda.

    Bunday voqealar ortidan ko‘plab amerikaliklar Tramp ma’muriyatini kasallikka jiddiy e’tibor bermaslikda, sog‘liqni saqlash xodimlarining mas’uliyatsiz ekanida ayblab chiqmoqda. Bu kabi ayblovlar prezidentlik poygasi avjiga chiqayotgan bir paytda sodir bo‘lishi 2020-yil siyosiy manzarasi uchun qanday ta’sir qiladi, kuzatamiz.

    Markaziy Osiyocha inqiroz: Xitoy va Rossiya, neft va geosiyosat

    Markaziy Osiyo mamlakatlarining qisqa mustaqillik tarixida allaqachon bir qator inqirozlar kuzatildi: 1997—1998-yillardagi inqiroz, 2007—2008-yillardagi dunyo inqirozi, deb yozadi CAA Network.org nashri. Bu inqirozlar qatoriga, shuningdek, 2014-yilda rus rublining tushib ketishi ortidan Markaziy Osiyo davlatlarining valyutalari qiymatining pasayishini ham kiritsa bo‘ladi. Bugungi inqiroz qatoriga Xitoy va Rossiya geosiyosati ta’siri ostida qolayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlarining neft sohasini ham misol qilish mumkin.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Voqelar rivoji

    9-mart kuni dunyo neft bozorida neft narxi 30 foizga arzonladi — Brent neft savdo markasi 50 AQSh dollaridan 32,6 AQSh dollarigacha pastladi. Arzonlashuv Rossiyaning OPEK tashkiloti, xususan, Saudiya Arabistoni bilan olib borgan muzokarlarida neft narxini kamaytirmaslik borasidagi kelishuvlari natijasiz tugagani bilan izohlanishi mumkin.

    Shu orada Rossiyaning geosiyosiy maqsadlari ham ko‘zga tashlanib qoldi. Rossiya so‘nggi paytlarda neft narxining o‘ynab turishidan yaxshi saboq olgan ko‘rinadi, ichki immunitetni qanday saqlash borasida yaxshigina himoyaga ega bo‘lib olganini ham ko‘rdik. Endi Rossiya neftning saqlanib qolayogan past narxlari sharoitida yana 6—10 yil omon qolishga erishishi mumkin. Bu esa neft zaxiralari va import mahsulotlarining o‘rnini bosuvchi xomashyoning yaratilgani bilan bevosita bog‘liq.

    Rossiyaning demarshi bo‘lmagan holatda ham Osiyo iqtisodiyotining giganti bo‘lgan Xitoydagi neftga bo‘lgan talab va taklif, shuningdek, yuk eltish va yuklarning harakatlanishiga bo‘lgan bosim neft narxining qulashiga ta’sir etishi mumkin edi. Ammo o‘zini birdan neftga qaram emasdek tutayotgan Rossiyaning strategiyasi Markaziy Osiyo mamlakatlarini ham qiyin ahvolda qoldirmoqda. Markaziy Osiyo bunday siyosiy o‘yinga tayyormi, masala mana shu yerda. Rossiyaning o‘zi-chi?

    Rus hukumati neft narxi qulashini kutilgan jarayon edi deb baholayotgan bo‘lsa-da, bu bo‘rttirishlardan holi emas. 2020-yil 1-mart holatiga ko‘ra, Rossiya Farovonlik fondi likvidlik mablag‘lari mamlakat yalpi ichki mahsulotining qariyb 9,2 foizini tashkil qilmoqda va Rossiya Moliya vazirligi ko‘rsatilgan mablag‘lar neft narxining past narxlari davrida yana 6—10 yil mobaynida daromadlarni saqlab qolish imkoniga ega ekani haqida ma’lumot bermoqda.

    Ammo bunday holat kelajakda Rossiyadagi xizmat ko‘rsatish sohasiga, qurilish, transport va kichik biznesga katta zarba berishi mumkin. Import mahsulotlarining qimmatlashuvi esa aholi xarid quvvatiga katta ta’sir qiladi. Neft asosiy iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lgan har qanday mamlakatda past narxlarning saqlanib qolishi domino effektini hosil qiladi va aholining turmush tarziga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kreml qanchalik ijobiy natijalarga umid qilmasin, fakt faktligicha qolaveradi.

    Koronavirusning keng miyosda tarqalishi ishchi kuchi mobilizatsiyasiga ham ta’sir qilgan holda Rossiyaning mintaqaviylashuviga sabab bo‘ladi. Mintaqaviylashuvga yuz tutgan Rossiya uchun sobiq sovet respublikalaridagi zaxiralar asosiy o‘ringa chiqadi. Albatta, bu mamlakatlarning Kreml erishgan yutuqlarga yetishiga hali erta.

    Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotda o‘zlarini globalistlar, ko‘p qutbli iqtisodiyot tarafdori sifatida ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, bu ular uchun hozircha biror-bir naf olib kelmadi. Misol uchun, oxirgi paytda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘z mamlakatlarini turizm mamlakatlari sifatida namoyon qilmoqda va ma’lum ma’noda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘z maqsadlariga erishdi ham.

    2018-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar miqdori 88 foizga oshdi. Bu 2017-yilga solishtirganda salmoqli raqamdir. Shu maqsadda O‘zbekiston hukumati 2021—2025-yillarda sayyohlik sanoatining ichki yalpi mahsulotdagi ulushini 5 foizga oshirmoqchi. Ammo koronavirus xavfi ortidan O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari ayrim mamlakatlardan kelayotgan sayyohlar uchun viza cheklovini joriy etganini e’lon qildi.

    Eng murakkab vaziyat Turkmanistonda yuzaga keladi, desa ham bo‘ladi. Turkmaniston tabiiy gaz zaxirasiga boy davlat sifatida o‘z gazini asosan Xitoyga sotadi. Ammo Xitoy hukumati so‘nggi paytlarda Turkmanistondan ikki orada gaz oldi-sotdisi borasida shartnoma imzolagan bo‘lsa-da, kamaytirishga urinmoqda. Bunday vaziyatda fors-major holatdagi tartib amal qilishini kutish mumkin. Turkmanistonda allaqachon import mahsulotlari narxining o‘sishi kuzatilmoqda va bu xalqaro valyutaning yetishmasligi bilan izohlanmoqda. Uglevodorodlarga bo‘lgan talabning keskin tushib ketishi Turkmaniston iqtisodiyotida qanday iz qoldiradi, tasavvur qilish ham qiyin.

    Qozog‘iston ham Rossiya singari to‘plangan zaxirasiga qaramay qiyin vaziyatda qolmoqda. O‘tgan yilda Qozog‘iston prezidenti aholining kam ta’minlangan qatlami uchun prezidentlik saylovidan norozi bo‘lgan taraflar tazyiqi ostida aholining turmush darajasini yaxshilash uchun milliy zaxiradan mablag‘lar ajratishga majbur bo‘ldi.  Agarda Qozog‘iston davlat budjeti daromadlari 20 foizga qisqaradigan bo‘lsa, u holda rasmiy Nur-Sulton milliy fondidan 10 milliard dollar mablag‘ olishga majbur bo‘lib qoladi. Bu esa elboshi 2030-yilga borib va’da qilgan aholi turmush farovonligini ko‘tarish strategiyasini xavf ostida qoldiradi.

    Xitoy Markaziy Osiyo davlatlarining asosiy iqtisodiy sherigi bo‘lib qolayotgan paytda, Kreml ham Xitoyni bu mintaqa bozoridan siqib chiqarilishidan manfaatdor. Xitoydagi koronavirus pandemiyasi tarqalishi ortidan Rossiya o‘z maqsadlariga erishishga ham ulgurmoqda. Markaziy Osiyoning ikki mamlakati — Tojikiston va O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy hamkorligiga qo‘shilish arafasida.

    Tojikiston 5 yildan beri o‘zini mazkur tashkilot a’zosi sifatida ko‘rishni xohlab kelayotgan bo‘lsa, rasmiy Toshkent kuzatuvchi maqomida mazkur tashkilotga kirishni ma’qulladi. Bu variant esa eski tartibdagidek ish olib boradi, ya’ni rus kompaniyalari Markaziy Osiyodan xomashyo bazasi sifatida foydalanadi, ammo mintaqaning sanoatlashishi, rus sarmoyasining oqimidan darak bo‘lmaydi. Mintaqada proteksionist iqtisodiy siyosat yana faollashadi. Ammo bunday siyosat bugunda barcha mamlakatlar iqtisodiyotida trendga aylanib ulgurmoqda.

    Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi ham Rossiya talablarining o‘rnini bosa olmagani uchun ham Xitoy iqtisodiyotining zaiflashuvi Rossiya uchun og‘riqli masala. So‘nggi paytlarda ulkan Yevrosiyo bir-biri bilan shunday jipslashdiki, ularni ayirish mushkul masala bo‘lib qoldi.

    Shunday bo‘lsada, Markaziy Osiyo mamlakatlari oldida bugun yana yangi sinov ko‘ndalang. Hukumatlar inqirozga qarshi yangi dasturlarni ishlab chiqishi, neft narxi, rubl qulagan bir vaziyatda iqtisodiyotga rag‘bat beradigan yangi iqtisodiy siyosatni sinovdan o‘tkazishi, o‘z valyutalari va dollar mutanosibligining oldini olishga urg‘u berishi kerak.

    Bu inqiroz Markaziy Osiyoda ayrim narsalarni o‘zgartirib yuborishi shubhasiz. Shuning uchun ham Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘zaro bamaslahat o‘z iqtisodiyotini diversifikatsiyalashga urinishi ijobiy holat bo‘ladi. Afsuski, mintaqa mamlakatlari asosiy masala qolib, o‘z iqtisodiy salohiyatini turizm, tashqi savdo va transport infratuzilmasini rivojlantirishga urg‘u bermoqda. Oldingi inqirozlardan saboq olgan holda, Rossiyadan farqli ravishda, ichki iste’molchilarga diqqat qaratish Markaziy Osiyo mamlakatlari islohotchilari e’tiboridan chetda qolmoqda.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    15.03.2020, 07:33   Izoh (0)   224728
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dunyoning eng badavlat odamlari yil boshidan buyon qariyb 1 trln dollaridan ayrildi

    14.03.2020, 22:11

    Xitoyda koronavirus pandemiyasining cho‘qqisi ortda qoldi. Mamlakatdagi iqtisodiy faollik qayta tiklanmoqda

    14.03.2020, 21:10

    Kimsasiz Ka’ba, “Koronasur” devi, lift tugmasini barmoqda bosolmayotgan eronlik. Hafta suratlari

    14.03.2020, 19:26

    Moskvada koronovirus sababli 16-martdan boshlab o‘quvchilarning maktabga borishi ixtiyoriy etib belgilandi

    14.03.2020, 19:05

    Qirg‘izistonda 16-martdan boshlab barcha maktablar va oliy ta’lim muassasalari karantinga yopiladi

    14.03.2020, 18:02

    Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni olti nafarga yetdi

    14.03.2020, 17:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    Dunyo | 10 may, 15:00

    Yuzga nafis yaltirash beruvchi xaylayterni to‘g‘ri qo‘llashning 5 usuli

    Layfstayl | 10 may, 14:40

    Soliq mobil ilovasida salkam 11 mln odam ro‘yxatdan o‘tgani maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 14:15

    Bollivud qiroli Shohrux Xon Met Gala baliga 18 qirotli oltindan yasalgan hassa bilan tashrif buyurdi

    Layfstayl | 10 may, 13:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.