Iordaniyaning Amman shahrida Tokio—2020 Olimpiadasiga litsenziya beradigan musobaqaning navbatdagi janglari 9-mart, dushanba kuni o‘tkazilmoqda.
-52 kilogramm vazn toifasi vakili Shahobiddin Zoirov chorak final jangida eronlik Omid Ahmadisafaga qarshi ringga chiqdi. Jang davomida katta ustunlikka ega bo‘lgan Shahobiddin 3 raund yakuniga ko‘ra, Ahmadisafani 5:0 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa Shahobiddin Zoirov ham Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi va litsenzion musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bobousmon Boturov, Sanjar Tursunov hamda Bahodir Jalolovlarning Olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)