Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyaning 26-turida “Yuventus” va “Inter” jamoalari 8-mart, yakshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.
“Alyans Stedium”da kechgan bahsda maydon egalari ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvning 54-daqiqasida Aaron Remzi turinliklarni oldinga olib chiqdi. 67-daqiqada esa Paulo Dibala yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Shu tariqa ushbu g‘alabadan keyin “Yuventus” ochkolarini 63 taga yetkazib olgan holda birinchi o‘ringa qaytdi. “Inter” (54) esa 3-pog‘onada qoldi.
“Milan” o‘z maydonida “Jenoa” bilan o‘ynadi va kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi.
A Seriya
26-tur bahslari
8-mart, yakshanba
“Parma” — SPAL 0:1
Gol: 0:1 – 71, penalti Petanya.“Sampdoriya” — “Verona” 2:1
Gollar: 0:1 – 32, avtogol Audero, 1:1 – 77 Kualyarella, 2:1 – 86, penalti Kualyarella.“Milan” — “Jenoa” 1:2
Gollar: 0:1 – 7 Pandev, 0:2 – 41 Kassata, 1:2 – 77 Ibragimovich.“Udineze” — “Fiorentina” 0:0
“Yuventus” — “Inter” 2:0
Gollar: 1:0 – 54 Remzi, 2:0 – 67 Dibala.“Yuventus”: Shensni, de Ligt, Aleks Sandro (De Shilyo, 77), Bonuchchi, Remzi, Kuadrado, Bentankur, Matyuidi, Duglas Kosta (Dibala, 59), Ronaldu, Iguain (Bernardeski, 80).
“Inter”: Handanovich, Bastoni, de Vrey, Shkrinyar, Yang, Brozovich, Kandreva (Galyardini, 74), Barella (Eriksen, 59), Vesino, Martines, Lukaku (Sanches, 77).
Ogohlantirishlar: Shkrinyar (63), Vesino (71), Brozovich (79), Ronaldu (87).
Chetlatish: Padelli (79).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)