O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining Etika qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Superligasi 1-turida tartib-qoidalarga rioya etilmagan klublarning rasmiy shaxslari jarimaga tortildi.
Jumladan, 1-tur doirasidagi “Qizilqum” — “Nasaf” uchrashuvi vaqtida Navoiy klubi shifokori Olimxon Ne’matov texnik zonada telefondan foydalangani, bu bilan u Professional futbol klublari uchun 2020-yilgi musobaqalar reglamentining 9.13-bandini buzgani uchun Intizom kodeksining 5.34-bandlariga asosan unga nisbatan ogohlantirish hamda moddiy jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Superliganing 1-turi doirasidagi “Mash’al” — “So‘g‘diyona” uchrashuvidan so‘ng “So‘g‘diyona” futbol klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev matbuot anjumanida ishtirok etmagani, bu bilan u Professional futbol klublari uchun 2020-yilgi musobaqalar reglamentining 9.17-bandini buzgani uchun Intizom kodeksining 5.34-bandlariga asosan unga nisbatan ogohlantirish hamda moddiy jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Avvalroq PFL Etika qo‘mitasi tomonidan “Buxoro” ustozi Muxsin Muhammadiev hamda “Navbahor” futbolchisi Ivan Solovyovlar hakamlarni haqorat qilgani uchun jarimaga tortilgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)