Bloger va ilm-fan haqidagi YouTube kanali muallifi Mark Rober jahondagi eng baquvvat batutni loyihalashtirdi, so‘ng unga haqiqiy avtomobilni tashlab ko‘rdi, deb yozadi Motor.
Istalgan batutga mashina tashlab ko‘rsa bo‘ladi, lekin g‘oya muallifi mashina batutni yirtib yubormay, unda sakrab ketishini xohladi.
Rober do‘stlari bilan o‘rtasida qalin tramplin bo‘lgan batutni loyihalashtirdi. U har biri 200 kilogrammdan ortiq yuk ko‘tarishi mumkin bo‘lgan 144 ta prujinali po‘lat romlarga ulangan. Shundan so‘ng chizma va sxema Avstraliyaga boshqa blogerga yuborildi. U turli predmetlarni yuqori masofadan tashlash aks etgan videolarni suratga olishga “ixtisoslashgan”.
Nihoyat batut qurib bitkazildi, ikki bloger test-drayv o‘tkazish uchun birlashdi. Batutga tarvuz va bouling uchun to‘plar tashlab ko‘rildi. Ushbu tajribaning kulminatsion nuqtasi esa batutga qayiq va avtomobilning tashlanishi bo‘ldi.
Izoh (0)