Germaniyaning BMW avtokonserni o‘zining ikki o‘lchamli yangi logotipini taqdim etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Yangi logotipda qora aylana olib tashlangan. Bavariyaning ramzi hisoblanadigan ko‘k va oq sektorlar o‘z o‘rnida qolgan.
Kompaniya tomonidan ma’lum qilinishicha, yangi logotip raqamli texnologiyalar bozoriga qiziqadigan yosh xaridorlarni jalb qilishi kerak. BMW’ning mijozlarga xizmat ko‘rsatish va brend bo‘yicha katta vitse-prezidenti Yens Timerning so‘zlariga ko‘ra, logotip ochiqlik va aniqlik ramzi hisoblanadi.
Yangi logotip o‘rnatiladigan birinchi avtomobil BMW i4 bo‘ladi. Modelning seriyali talqini 2021-yilda ishlab chiqariladi.
Qayd etilishicha, BMW so‘nggi marta 1997-yilda logotipini yangilagan.
Izoh (0)