Tibbiy himoya niqoblarini sog‘lom insonlar emas, balki infeksiya tarqalishining oldini olish maqsadida kasallangan kishilar taqib yurishi lozim. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning Favqulodda kasalliklar bo‘linmasi boshlig‘i Mariya van Kerkxove ma’lum qildi.
“Bunda biz tibbiy, jarrohlik niqoblarini nazarda tutyapmiz. JSST tavsiyalariga ko‘ra, niqoblar avvalo kasallanib bo‘lgan odamlarga, nafas olishida kasallik belgilari paydo bo‘lganlarga tavsiya qilinadi. Bundan ko‘zlangan maqsad — virusning boshqa birovga yuqishining oldini olish”, — dedi u.
JSSTning boshqa tavsiyalari ro‘yxatida qo‘lni yaxshilab yuvish va yuzni hadeb ushlayvermaslik ham bor.
Izoh (0)