“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski Chempionlari Ligasi 1/8 finalining ilk uchrashuvida “Chelsi” darvozasiga gol urdi (3:0).
Bu 31 yoshli futbolchi futbolchi uchun Chempionlar Ligasi joriy mavsumidagi 11-gol bo‘ldi. Shuningdek, musobaqaning safar uchrashuvlarida urilgan 9-gol sifatida qayd etildi.
Polshalik futbolchi bu borada Krishtianu Ronalduning rekordini takrorladi. Ayni damda “Yuventus”da harakat qilayotgan futbolchi 2013/14-yilgi mavsumda “Real”ning safar uchrashuvlarida 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.
Shuningdek, Levandovski 11 ta gol bilan mazkur musobaqadagi shaxsiy rekordini yangiladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)