UEFA tashkiloti Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichi doirasida 25-fevral kungi bellashuvlarning eng yaxshi futbolchilari nomini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, “Napoli” — “Barselona” uchrashuvining (1:1) eng yaxshi o‘yinchisi nomiga mehmonlar yarim himoyachisi Serxio Busket loyiq ko‘rildi. Ispaniyalik futbolchi “Napoli” hujumchisi Dris Mertansga jarohat yetkazgani bois sariq kartochkaga loyiq ko‘rildi va javob bahsini o‘tkazib yuboradi.
“Chelsi” — “Bavariya” o‘yinida (0:3) dubl qayd etgan Serj Gnabri mazkur bahsning eng yaxshisi deb e’tirof etildi. Joriy mavsum Chempionlar Ligasida Serj oltita golining barchasini Londonda urdi (“Tottenhem”ga 4 ta).
Eslatib o‘tamiz, bugun, 26-fevral kuni “Lion” — “Yuvenuts” va “Real” — “Manchester Siti” uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)