Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 final dastlabki bahsida “Chelsi” va “Bavariya” jamoalari 25-fevral, seshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.
Londondagi “Stemford Brij” stadionida kechgan bahsda mehmonlar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Serj Gnabri uch daqiqa ichida dublni rasmiylashtirdi.
76-daqiqada Devisning uzatmasidan keyin Robert Levandovski bo‘sh qolgan darvozani aniq nishonga olgan holda hisobni yirik ko‘krinishga olib keldi.
O‘yin yakunlanishi arafasida Markos Alonso vaziyatlarning birida Levandovskining yuziga qo‘li bilan zarba berib yubordi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.
Shu tariqa nemis klubi 18-mart kuni kechadigan o‘yin oldidan masalani deyarli xal qilib qo‘ydi.
YChL
1/8 final, ilk o‘yin
25-fevral, seshanba
“Chelsi”—“Bavariya” 0:3
Gollar: 0:1 — 51 Gnabri, 0:2 — 54 Gnabri, 0:3 — 76 Levandovski.“Chelsi”: Kabalyero, Alonso, Ryudiger, Kristensen, Jeyms, Barkli (Villian, 61), Jorjinyo, Maunt, Kovachich, Aspilikueta (Pedro, 73), Jiru (Abraham, 61).
“Bavariya”: Noyer, Boateng, Alaba, Pavar, Kimmix, Gnabri (Tolisso, 85), Devis, Alkantara (Goretska, 90), Koman (Koutinyo, 66), Levandovski, Myuller.
Ogohlantirishlar: Alkantara (45), Jorjinyo (49), Kimmix (49).
Chetlatish: Alonso (83).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)