• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 26-fevralning asosiy xabarlari

    Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi mamlakatning materik qismida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 78 ming kishidan oshib ketgani, ulardan kamida 29 ming nafari davolanib, kasalxonadan chiqarilganini ma’lum qildi.

    Shanxay temiryo‘l bekatida niqob taqib, yomg‘irpo‘sh kiyib olgan odamlar.

    Shanxay temiryo‘l bekatida niqob taqib, yomg‘irpo‘sh kiyib olgan odamlar.
    Foto: Reuters

    Kasallikni yuqtirib olish bilan bog‘liq 78 064 ta tasdiqlangan holat qayd etilgan, 29 745 kishiga kasalxonalardan uyiga javob berilgan, vafot etganlarning umumiy soni esa 2715 kishiga yetgan.

    Yangi turdagi koronavirus infeksiyasi 2019-yil dekabr oyi oxiridan tarqala boshlangan edi. Kasallik o‘chog‘i Xubey provinsiyasi ma’muriy markazi Uxan shahri hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kasallik bilan bog‘liq vaziyatni xalqaro miqyosdagi favqulodda holat deb tan olgan.

    Xitoy hukumati koronavirusga qarshi kurashish uchun 14,36 milliard dollar sarflab yubordi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hukumat kasallikka chalinganlarni davolash, binolar va obyektlarni dezinfeksiya qilish, shuningdek, himoya uchun boshqa zaruriy choralarni moliyalashtirishni faol davom ettirmoqda. Mablag‘lar asosan Xubey provinsiyasiga yo‘naltirilgan.

    Gonkong hukumati koronavirus sabab ijtimoiy yordam sifatida har bir fuqarosiga 1,3 ming AQSh dollaridan pul beradi. “Uzoq hisob-kitoblardan so‘ng, men Gonkongning 18 yoshdan katta bo‘lgan barcha aholisi iste’molini rag‘batlantirish va ularning moliyaviy yukini yengillashtirish uchun 10 ming gonkong dollaridan mablag‘ ajratishga qaror qildim”, — deydi Xitoyning maxsus ma’muriy viloyati moliya vaziri.

    Eron prezidenti Hasan Ruhoniy dushmanlarning mamlakatda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatdan foydalanishga urinayotganini ta’kidladi. Ruhoniyga ko‘ra, Eron koronavirus tarqalishi ustidan nazorat o‘rnatishga yaqin turibdi, mamlakatning tashqi dushmanlari esa paytdan foydalanib odamlar orasida vahima ko‘tarishga urinmoqda. Avvalroq Eron sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Iroj Xarirchining koronavirusga topshirgan testi ijobiy natija bergani haqida xabar berilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha Eronda 95 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan, ularning 15 nafari vafot etgan.

    Eron prezidenti Hasan Ruhoniy.

    Eron prezidenti Hasan Ruhoniy.
    Foto: Al-Arabiya

    Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Turkish Airlines aviakompaniyasining Tehrondan Istanbulga reys amalga oshirgan samolyotida bir nechta yo‘lovchida koronavirus borligi gumon qilinganligi sabab ular Anqaraga jo‘natilganini ma’lum qildi. Samolyotning 17 nafar yo‘lovchisida koronavirus borligi gumon qilinmoqda, 132 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolari ikki hafta davomida karantinga joylashtirilgan.

    Ispaniyaning Tenerife orolida joylashgan va ichida taxminan ming kishi bo‘lgan H10 Costa Adeje Palace mehmonxonasi sog‘liqni saqlash xodimlari tomonidan izolyatsiya qilindi. 24-fevral, dushanba kuni, mehmonxonada yashayotgan italiyalikda koronavirus aniqlangan. Ispaniya rasmiylari kasallangan erkak bilan aloqada bo‘lganlarni tekshirmoqda. Avvalroq Ispaniyada uch kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

    Foto: AP Photo

    Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte mamlakat shimolida tarqalgan koronavirus infeksiyasiga qarshi amalga oshirilgan chora-tadbirlar yaqin kunlarda o‘z samarasini berishiga ishonishini ma’lum qildi. Apennin yarim orolida 25-fevral holatiga ko‘ra, koronavirusga yo‘liqqan bemorlar soni 280 nafardan oshib ketib, yetti nafar fuqaro vafot etgani qayd qilingan.

    Mavzuga doir: Foto: Koronavirus sabab karantinga yopilgan Ispaniyadagi mehmonxona

    Avstriyaning Tirol federal shtatida koronavirus bilan zararlanish bo‘yicha dastlabki ikkita holat qayd etildi. Avstriyaning Insbruk shahrida istiqomat qiluvchi Lombardiyadan kelgan 24 yoshli ikki nafar italiyalik koronavirus bilan kasallangan. Avvalroq Italiya poyezdlarining yo‘lovchilari koronavirusga tekshirilgandan keyingina Avstriya chegarasidan o‘tishga ruxsat berilayotgani haqida xabar berilgan edi.

    O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi 25-fevral kuni bergan ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatga kirib kelgan barcha yo‘lovchilar termometriyadan o‘tkazilgan hamda infeksiyasiga tekshirilgan jami 1225 ta namunada koronavirus aniqlanmagan.

    Foto: SSV matbuot xizmati

    Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmanistonda koronavirus tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi. Turkmanboshi yig‘ilish o‘tkazib, unda mamlakat fuqarolarining sayyohlik, madaniy, sport va boshqa maqsadlar uchun chet elga tashriflarini nazorat qilishni, shuningdek, mamlakatga kiruvchi fuqarolarni tekshirish vazifasini topshirdi. Avvalroq Turkmanistonda koronavirusdan bir kishi vafot etgani, marhum haqidagi ma’lumotlar qat’iy sir saqlanayotgani haqida xabar berilgandi.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rasmiysi Bryus Eylvord Xitoydan tashqarida avj olayotgan koronavirusning tarqalishiga hech kim tayyor bo‘lmaganini ma’lum qildi. “Virusning yanada keng ko‘lamda tarqalishini nazorat qilishga tayyor bo‘lishingiz kerak va bu tezda amalga oshirilishi lozim”, — deydi Eylvord.

    Mavzuga doir: Koronavirus davridagi hayot — suratlarda

    UEFA vitse-prezidenti Mishel Uva futbol bo‘yicha Yevro—2020 musobaqasi koronavirus sabab bekor qilinishi yoki boshqa muddatga ko‘chirilishi mumkinligi haqida o‘z fikrlarini bildirgan. “Hozirda vaziyat qanday tus olishini kuzatyapmiz. Futbol mamlakatdagi vaziyatga mos bo‘lishi kerak. Biz musobaqani to‘xtatmaslikka harakat qilamiz. Biroq vaziyat yomonlashadigan bo‘lsa, musobaqa to‘xtatiladi”, — deydi Uva.

    Foto: “Scoopnest.com”

    Avvalroq koronavirus sabab “Inter” Yevropa Ligasi 1/16 finali javob o‘yinini tomoshabinlarsiz o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.

    Jahonning 500 nafar eng boy kishisi 24-fevral, dushanba kuni, 139 milliard dollar yo‘qotdi. Bunga koronavirusning jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’siri haqidagi yangi xavotirlar tufayli fond bozorlarining pasayishi sabab bo‘lgan.

    Foto: EPA

    Xalqaro valyuta jamg‘armasining boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva Xitoy koronavirusi dunyo bo‘ylab tarqalishni davom ettirsa, iqtisodiy o‘sish uchun uzoq davom etadigan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi. “Sog‘liqni saqlash tizimi kam rivojlangan davlatlar uchun xavf-xatarni anglab yetish vaqti keldi”, — dedi jamg‘arma direktori.

    Oxford Economics tahliliy markazining ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusning tarqalishi jahon YaIMning yo‘qotishlari 2020-yilda 1,1 trillion dollarga yetishi mumkin. Agar koronavirus sabab kelib chiqqan pnevmoniya global pandemiyaga aylansa, taxmin qilingan yo‘qotish miqdori amalda yuz berishi mumkin. Mazkur yo‘qotish jahon YaIMning 1,3 foizga pasayishini anglatadi.

    Foto: “RBK”

    Forbes koronavirus sababli Xitoyda millionlab o‘rta va kichik kompaniyalar yopilishi mumkinligi haqida taxmin qildi. Qayd etilishicha, mamlakatdagi bizneslar o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lmoqda va kompaniyalar jiddiy yo‘qotishlarga duch kelgan. Banklar esa kreditlarni to‘lash muddati va shartlarini istar-istamas qayta ko‘rib chiqmoqda.

    26.02.2020, 19:40   Izoh (0)   110260
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimiga sobiq deputat Aliya Yunusova nomzodi parlament quyi palatasi tomonidan ma’qullandi

    26.02.2020, 19:19

    “Hayotimizni yaxshilash uchun Portugaliyaga kelganmiz”. Portugaliyada o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan o‘zbekistonlik ayol hikoyasi

    26.02.2020, 19:04

    Navoiyda onaning buyragi farzandiga, o‘g‘ilning buyragi otasiga o‘tkazildi. Operatsiyadan so‘ng viloyat hokimi bemorlar holidan xabar oldi

    26.02.2020, 18:33

    “O‘zgidromet” 27-fevralda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    26.02.2020, 18:18

    Sirdaryoda Tracker mingan mast haydovchi YPX xodimiga 1 902 000 so‘m pora berayotganida ushlandi

    26.02.2020, 17:47

    Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    26.02.2020, 17:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.