Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi musobaqasining 1/16 final javob bahsidan o‘rin olgan “Inter” — “Ludogorets” uchrashuvi tomoshabinlarsiz o‘tadi.

Foto: Getty Images

UEFA klublarga bu borada tegishli xat yuborgan. O‘yin 27-fevral, payshanba kuni Milanda bo‘lib o‘tadi.

Football Italia nashrining xabar qilishicha, A Seriya 26-turidan o‘rin olgan “Udineze” — “Fiorentina”, “Milan” — “Jenoa”, “Parma” — SPAL, “Sassuolo” — “Breshia”, “Yuventus” — “Inter”, “Sampdoriya” — “Verona” uchrashuvlari ham bo‘sh stadionlarda o‘tadi.

Italiyada 229 nafar odam koronavirusga chalingan, olti kishi vafot etgan, faqat bir nafari kasallikdan tuzalgan. Avvalroq  Veneto va Lombardiya hududlaridagi barcha ommaviy tadbir hamda sport musobaqalari bekor qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yinda “Inter” 2:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!