Sankt-Peterburgning Admiralteyskiy tumanida Fontanka daryosida O‘zbekiston fuqarosi cho‘kib ketdi. U o‘zi suvga tashlab yuborgan ayolni qutqarmoqchi bo‘lib, halok bo‘lgan. Bu haqda “Fontanka” xabar bermoqda.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Sankt-Peterburg shahri bo‘yicha bosh boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, 16-fevralga o‘tar kechasi 48 yoshli ayol, katta ehtimol bilan, mast bo‘lgan hamrohi tomonidan suvga tashlab yuborilgan.
Erkak o‘ziga kelgach, ayolni dastlab turli vositalar bilan suvdan olib chiqishga qaror qilgan, keyin o‘zi ham suvga sho‘ng‘igan. Ayol qutqaruvchilar yetib kelguniga qadar suvdan olib chiqilgan, u haddan tashqari sovqotish tashxisi bilan shifoxonaga olib ketilgan.
“Cho‘milish aybdorining tanasi g‘avvoslar tomonidan tungi soat 2:30 da topildi. U 63 yoshda bo‘lgan, O‘zbekistondan kelgan”, — deb yozadi “Fontanka”. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, u shu yaqin atrofdagi hududda hovli tozaligiga qarovchi bo‘lib ishlagan.
Izoh (0)