• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” oqshomi. Xitoy koronavirusi va 13-fevralning boshqa voqea-hodisalari dayjesti

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus Xitoyda yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganlar soni barqaror ravishda kamaygani va har kuni bir xil darajada turganini ma’lum qildi. Tedros Gebreyesusga ko‘ra, Xitoydan tashqarida qayd etilgan 48 ta holatning 40 tasi Yaponiyadagi Diamond Princess sayohat kemasi hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu yaxshi xabar!

    Xitoy koronovirusi

    Yangi turdagi koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Xitoyning Xubey provinsiyasida so‘nggi bir sutka davomida COVID-19 infeksiyasi asoratlaridan 242 kishi vafot etdi, deb xabar berdi Xitoy hududiy gigiyena va sog‘liqni saqlash qo‘mitasi. Umumiy hisobda provinsiyada 1310 ta o‘lim holati qayd etilgan. Koronavirus infeksiyasi bilan bir sutka ichida Xubeyda 14 840 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan. 13-fevral tongi holatiga ko‘ra, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan jami 48 206 kishini ro‘yxatga olingan. Epidemiya boshlanganidan beri 3 441 nafar bemor davolanib, uyiga javob berilgan — so‘nggi bir sutka davomida davolanib bo‘lganlar soni 802 kishiga ko‘paygan. Hozirda 33 693 kishi hali ham davolanishda qolmoqda, ulardan 5 647 nafarining ahvoli juda og‘ir.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Xitoyning Xubey provinsiyasida koronavirusdan halok bo‘lganlar va yuqtirganlar soni keskin oshib ketishi endilikda ushbu infeksiyani yuqtirganlarning umumiy soniga yangi tasnif bo‘yicha tashxis qo‘yilganlar ham kiritilishi bilan izohlanadi.

    Bemorlar soni bilan bog‘liq statistikadagi keskin o‘sish kasallik bo‘yicha tashxis qo‘yish metodikasining o‘zgarishi bilan bog‘liq. Bundan buyon kasallangan bemorlar soni faqat kompyuter tomografiyasi ma’lumotlari asosida, boshqa tekshiruvlar natijalarini kutmasdan turib kiritib boriladi.

    Shifokorlarning ta’kidlashicha, bu bemorlarni kasallikning erta bosqichida davolab borish imkonini beradi. Ma’lumot uchun, Xitoy bo‘yicha kasallanganlar soni salkam 60 ming kishiga yetgan, qurbonlar soni 1,3 ming kishidan oshib ketgan. 5,6 mingdan ziyod bemor esa kasallikdan tuzalishga muvaffaq bo‘lgan.

    Xitoyning Uxan shahriga yana 2600 nafar tibbiyot xodimi yuborildi. Bu qarorni Xitoy raisi va mamlakat markaziy harbiy kengashi rahbari Si Szinpin qo‘llab-quvvatlagan. Shifokor va sanitarlar bemorlarni davolash chora-tadbirlarini tashkil etish bilan shug‘ullanadi.

    Mavzuga doir: Fotogalereya: Xitoy koronavirus tarqalgunicha qanday yashagan va undan keyin qanday yashamoqda?

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus Jenevada o‘tkazilgan brifing davomida so‘nggi haftada Xitoyda yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganlar soni barqaror ravishda kamaygani va har kuni bir xil darajada turganini ma’lum qildi. “Biroq bu ma’lumotlarni juda ehtiyotkorlik bilan talqin qilish kerak”, — deyiladi JSST rasmiy saytida. Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda kasallikning rivojlanishi statistikani ham yaxshi, ham yomon tarafga o‘zgartirib yuborishi mumkin.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Gonkong rasmiylari koronavirus kanalizatsiya quvurlari orqali ham tarqalishi mumkinligini taxmin qildi. Ushbu taxmin Xitoyga safar qilmagan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lmagan ayol koronavirusni yuqtirib olganidan so‘ng paydo bo‘lgan. Qayd etilishicha, bir hafta avval ayolning 75 yoshli qo‘shnisi COVID-19 virusi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ayol bu qo‘shnisi bilan hech ko‘rishmagan, ammo ularning xonadonlari umumiy kanalizatsiya quvuri bilan bir-biriga ulangan bo‘lgan.

    Shuningdek, Gonkong hukumati koronavirus tarqalishi sababli maktab ta’tilini 16-martgacha uzaytirishga qaror qildi.

    Yaponiyada karantinga olingan Diamond Princess sayohat kemasida koronavirusni yuqtirgan yo‘lovchilar soni 44 nafarga ko‘payib, 218 kishiga yetdi. Koronavirusni yuqtirganlarning 43 nafari yo‘lovchilar, bir nafari esa ekipaj a’zosi.  Avvalroq kemadagi koronavirusni yuqtirganlar soni 174 kishiga yetgani haqida xabar berilgan edi.

    London shahrida COVID-19 koronavirusi bilan kasallangan birinchi bemor qayd etildi. Avvalroq Bavariya Sog‘liqni saqlash vazirligi Germaniyada koronavirusni yuqtirganlar soni 16 kishiga yetgani haqida xabar bergandi.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh ijrochi direktori Sumiya Svaminatan COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksinalarni insonda sinovdan o‘tkazish to‘rt-besh oydan so‘ng boshlanishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda yangi virusga qarshi bir nechta vaksina yaratilmoqda. “Ulardan biri sinov uchun taxminan to‘rt yoki besh oydan so‘ng tanlab olinadi”, — deydi Svaminatan.

    Jahon mobil kongressi (Mobile World Congress, MWC) tashkilotchisi hisoblangan GSMA assotsiatsiyasi fevral oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbir bekor qilinganini ma’lum qildi. Ko‘rgazmaning bekor qilinishiga Xitoyda tarqalgan koronavirus epidemiyasi sabab bo‘ldi.

    O‘zbekistonda epidemiologik holat yuz berganda dori vositalarining Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan olib kirilishiga ruxsat berilishi mumkin. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu haqda qonun loyihasiga tegishli o‘zgartirish kiritildi va deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilindi.

    Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik agentligi virusologiya laboratoriyasida 12-fevral kunigacha 834 ta namuna koronavirus infeksiyasiga tekshirilib, ushbu namunalarda koronavirus infeksiyasi topilmaganini ma’lum qildi.

    Boshqa yangiliklar ham bormi? Bor!

    Sirdaryoda 750 dollarga dron sotmoqchi bo‘lgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Denovda juda ko‘p miqdordagi alkogol mahsulotlarini talon-toroj qilish holati fosh etildi. Qozog‘istonda 20 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus sovuqda qolib ketgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi. Toshkent va yana 2 ta viloyatda rejadan tashqari qizamiqqa qarshi emlash kunlari o‘tkazilmoqda. O‘zbekistonda 5 ta yangi aviakompaniya qanday tashkil etilishi ma’lum qilindi. O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga Rossiyadan to‘rtta Mi-35M vertolyotlari olib kelindi. Uzbekistan Airways esa o‘z xodimlarining formasini 15 yil deganda birinchi marta o‘zgartirdi (rasmlari mana bu yerda).

    Toshkent shahar bojxona tizimida 10 nafar rahbar xodim ishdan olindi, Toshkent viloyatida ichki ishlar tizimida esa ikki rahbar xodim ishdan bo‘shatildi.

    Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

    Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

    Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi Bo‘rijar kanalida noma’lum ayolning jasadi topildi. Toshkent shahar prokuraturasi mazkur holat bo‘yicha “Daryo”ga bergan ma’lumotiga ko‘ra, uch kun avval ayolning akasi onkologik kasallikdan vafot etgani va ayol bundan siqilib yurgani aniqlangan. Ayolning o‘zi 2019-yilning sentabr oyida Rossiya va Hindistonga borib, onkologik kasallik bo‘yicha davolanib kelgan.

    Ahmadboy va uning jiyani iqrorlari. Ahmadboy “Bu o‘yinga kirganingizdan keyin chiqolmaysiz, bu qiyin narsa”, — desa, uning jiyani prokurorlarni “100 milliard so‘m pulni yo‘q qilish”da aybladi. Iqrorlar videosi mana bu yerda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “O‘zgidromet” 14-fevralda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Respublikada ob-havo yog‘ingarchiliksiz, biroq tumanli bo‘lishi kutilmoqda.

    Jahonda nima gap?

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Kongo demokratik respublikasi Ebola bezgagi avj olgani munosabati bu kasallik bilan bog‘liq favqulodda holatni uzaytirdi. Kasallik ommaviy tarqalishi bilan bog‘liq oxirgi holat 2018-yil avgustida qayd etilgandi. Shundan beri Kongoning isyonchi guruhlari faoliyat olib boradigan sharqiy qismida 2,3 mingdan ortiq odam o‘ldi.

    Foto: AP

    Foto: AP

    Nursulton Nazarboyevning nevarasi Buyuk Britaniyadan siyosiy boshpana so‘radi. U Rossiya va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasidagi korrupsiya va xalqdan o‘g‘irlangan milliardlab dollarlar haqidagi ma’lumotga egaligini bildirgan.

    Migratsiya sababli Turkmaniston qishloqlarida faqat keksalar va maktab o‘quvchilari qolmoqda. Mehnatga layoqatli aholi vakillari esa pul topish uch chet elga, asosan, Turkiyaga ketgan.

    12-fevral, chorshanba kuni, kechasi Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat milliy xavfsizlik vaziri, general-mayor Yaylim Berdiyevni “boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan” lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

    Foto: “Xronika Turkmenistana”

    Foto: “Xronika Turkmenistana”

    Tadqiqotchilar “juda boy” odamlar qatoriga boyligi 5 milliondan 30 million dollargacha bo‘lgan odamlarni kiritib, ularning sonini ma’lum qildi. Xabarda aytilishicha, ularning soni 10 foizga oshgan.

    Dunyoning eng badavlat kishisi Jeff Bezos Beverli-Xillzdan 165 million dollarlik hashamatli uy sotib oldi. Ma’lum qilinishicha, bu Los-Anjeles uchun rekord darajadagi oldi-sotdi bitimi hisoblanadi.

    NATO davlatlari mudofaa vazirlari Iroqdagi missiyani kuchaytirish haqida kelishib oldi. NATO Iroqdan kontingentining bir qismini yanvar oyi boshida, AQSh aviazarbasi oqibatida Bag‘dodda eronlik general Qosim Sulaymoniy halok bo‘lganidan so‘ng olib chiqqandi.

    Foto: Global Look Press

    Foto: Global Look Press

    Yaponiyada yashovchi Titesu Vatanabe keksa insonlar orasida eng uzoq umr ko‘rayotgan erkak sifatida e’tirof qilindi. Otaxon jurnalistlar bilan suhbatda uzoq yashash sirlarini oshkor qildi. U ko‘proq tabassum qilish va bo‘lar-bo‘lmas narsaga asabiylashmaslik zarurligini ta’kidladi.

    Har kuni kechqurun faqat bitta xabar jo‘natamiz! “Daryo” oqshomi — kun davomida ro‘y bergan barcha voqea-hodisalar dayjesti Telegram-kanali: @daryooqshomi

    13.02.2020, 21:25   Izoh (0)   121974
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Komil Allamjonov: So‘z erkinligi bo‘lmaganidan keyin gazetalar majburiy obuna orqali tarqatiladi

    13.02.2020, 21:20

    O‘zbekistondagi o‘rmon xo‘jaligi hududlarida jip-turlar tashkil etiladi

    13.02.2020, 21:11

    Namanganlik yigit O‘rta Chirchiqda Matiz olib qochdi

    13.02.2020, 20:56

    Shavkat Mirziyoyev texnoparklar qurish loyihalarining ijrosini ko‘rib chiqdi

    13.02.2020, 20:41

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston davlat chegarasini qo‘riqlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

    13.02.2020, 20:26

    Toshkent shahar prokuraturasi Bo‘rijar kanalidan jasadi topilgan ayol bo‘yicha ma’lumot berdi

    13.02.2020, 20:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.