Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi Bo‘rijar kanalida 13-fevral, payshanba kuni, noma’lum ayol kishining jasadi topilgani haqda xabar berilgan edi. Toshkent shahar prokuraturasi mazkur holat bo‘yicha “Daryo”ga ma’lumot berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, shu kuni Chilonzor tumani IIBga “3-Charx Komolon” mahallasi, Baynalmilal ko‘chasidan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanalidan yoshi taxminan 55—60 da bo‘lgan, osiyo millatiga mansub ayol kishining jasadi tan jarohatlarisiz topilgani haqida xabar kelib tushgan.

Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida jasad Shayxontohur tumanida yashovchi 1954-yilda tug‘ilgan N.A.ga tegishli ekanligi aniqlangan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, N.A.ning o‘limi yuqori nafas yo‘llarining suyuqlik bilan berkilishi natijasida mexanik asfiksiyadan kelib chiqqan.

Shuningdek, N.A. 2019-yilning sentabr oyida Rossiya va Hindistonga borib, onkologik kasallik bo‘yicha davolanib kelgani ma’lum bo‘lgan. Voqeadan uch kun avval ayolning akasi onkologik kasallikdan vafot etgani va ayol bundan siqilib yurgani aniqlangan.

Hozirda Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan mazkur holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Avvalroq Chilonzor tumanidagi “Sovplastital” korxonasi binosi orqasida, Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab oqib o‘tadigan kanaldan beliga tosh bog‘lab tashlab ketilgan chaqaloq topilgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)