Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Sabiha Go‘kchen nomidagi xalqaro aeroportda yo‘lovchi samolyoti xavfli qo‘nishni amalga oshirdi hamda uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Pegasus Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot Istanbulga Izmirdan yetib kelgan. Layner jiddiy zararlangan, biroq bortda bo‘lganlarning barchasi muvaffaqiyatli evakuatsiya qilingan.
Ma’lum qilinishicha, bortda jami 177 kishi bo‘lgan. Qurbonlar yo‘q, jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)