30-yanvar, payshanba kuni soat 11:40 da “Yangi Angren” issiqlik elektr stansiyasida elektr energiyasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 4-sonli energoblokdagi qozon agregatining tom qismida yong‘in yuz bergani haqida xabar berilgan edi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, shu kuni “Yangi Angren” issiqlik elektr stansiyasi bo‘limlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in-qutqaruv guruhlari tomonidan alanga o‘z vaqtida o‘rab olingan va qisqa muddat ichida to‘liq bartaraf etilgan.
Vazirlikning qayd etishicha, yong‘indan elektr stansiyaning quvvat bloklariga zarar yetmagan va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. Hozirda korxona o‘z ish faoliyatini davom ettirmoqda. Yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)