• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda bolakay ko‘rib qolgan “dinozavr suyagi”. Bu suyak vahima ko‘tardi, so‘ng hokimlik va ulamolarni gapirishga majbur qildi (video)

    Toshkentda 28—29-yanvar kunlari ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv bo‘lgan “qabristondan suyaklar bilan qo‘shib olib chiqilgan tuproq” voqeasi yuzasidan “Daryo” surishtiruv o‘tkazdi.

    O‘zi nima gap?

    Tarqalgan xabarlarda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Elobod” mahallasi hududida joylashgan 451-maktabgacha ta’lim tashkiloti, shuningdek, 70, 76, 78, 9 va 105-uylar oldiga “qabristondan suyaklari bilan olib kelingan” deyilayotgan tuproq tashlangani aytilgan. Toshkent shahar hokimligi qayd etishicha, bu yerda mahalliy aholi orasida mashhur bo‘lgan, bevosita shu nomli qabriston yaqinida qurilgan “Mulla Qosim” masjidi ham joylashgan.

    Masjid kichik va eski bo‘lgani bois, uning o‘rnida 0,55 gektar maydonda yangi masjid qurilishi rejalashtirilgan. Ta’kidlanishicha, masjid qurilishiga jalb etilgan maxsus texnika qabrlar ko‘milgan joylarda ishlamagan. Qabrlar oldidagi barcha ishlar ushbu mozorda dafn etilganlarning qarindoshlari guvohligida amalga oshirilgan. “Bog‘cha oldida qoldirilgan tuproqning sobiq masjiddan olib chiqilgan tuproqqa aloqasi yo‘q. U yaqin atrofdagi kotlovan qazilgan boshqa qurilish maydonidan olib kelingan”, — deyiladi hokimlik axborotida.

    “Ortiqcha gap-so‘zlarga, xavotirga o‘rin yo‘q”

    30-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda muhokama mavzusiga aylangan masjid va qabriston oldidagi qurilish maydoniga shahar faollari, ulamolar yig‘ildi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisning birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov holat yuzasidan izoh berarkan, “Mulla Qosim” qabristoniga ota-bobosi, yaqinlari dafn qilingan fuqarolar xotirjam bo‘lishlari mumkinligi, qabrlarni buzishga yo‘l qo‘yilmasligini bildirdi.

    Almardon Qarshiyev (chapdan birinchi), Homidjon Ishmatbekov (chapdan ikkinchi), Nuriddin Xoliqnazarov (o‘ngdan ikkinchi), Muhammadnazar Qayumov (o‘ngdan birinchi).

    Almardon Qarshiyev (chapdan birinchi), Homidjon Ishmatbekov (chapdan ikkinchi), Nuriddin Xoliqnazarov (o‘ngdan ikkinchi), Muhammadnazar Qayumov (o‘ngdan birinchi).
    Foto: Musulmonbek Ibrohimov / “Daryo”

    “Masjidni qayta qurish ehtiyoji bo‘lgani uchungina — soha mutaxassislari, mas’ul tashkilotlar, mahalla ahli bilan kelishgan holda — eski masjid o‘rniga yangisini qayta qurish ishlari bo‘lyapti. Shuning uchun bu masalada ortiqcha gap-so‘zlarga, xavotirga o‘rin yo‘q”, — dedi muftiy o‘rinbosari.

    Foto: Musulmonbek Ibrohimov / “Daryo”

    “Masjid kelayotgan namozxonlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, noqulay holat bo‘lmasligi uchun yangidan qurilmoqda. Bu ishlar belgilangan, tasdiqlangan loyiha asosida olib borilmoqda. Hech qanday o‘zboshimchalik bilan buzish holati yo‘q va bunga yo‘l qo‘yilmaydi ham”, — deya qo‘shimcha qildi Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Almardon Qarshiyev.

    Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov eski masjid avariyaviy holatda bo‘lgani, devorlari yorilib ketganini aytib o‘tdi. “Axir bu yerda odamlar namoz o‘qiydi, katta jamoat kiradi, Hayit va juma namozlari ado etiladi, keksalar qatnaydi. Shuning uchun ham qalbimizda ‘shu masjidni yangilasak yaxshi bo‘lar edi’, deb turgandik. Aholining o‘zi tashabbus ko‘rsatdi”, — dedi u.

    Foto: Musulmonbek Ibrohimov / “Daryo”

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi masjidlar bo‘limi mudiri Muhammadnazar Qayumovning ma’lumot berishicha, yangi masjid 2,5 ming namozxonga mo‘ljallangan bo‘lib, uni 2020-yil oxirigacha qurib bitkazish rejalashtirilgan.

    “Masjid hashar yo‘li bilan, homiylarni jalb qilgan holda qurilmoqda. Hozirda Toshkent shahri bo‘yicha 13 ta, O‘zbekiston bo‘ylab esa 151 ta masjidda qurilish ishlari olib borilyapti. Aksariyati qabristonlar bilan yonma-yon, lekin birortasida bunaqa gap chiqqani yo‘q”, — dedi Muhammadnazar Qayumov.

    Qabrlar buzilmagan ham, ochilmagan ham

    Shahar bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarovning so‘zlariga ko‘ra, agar qabriston haqiqatan ham buzilib ketganida edi, merosxo‘rlari kelib da’vo qilib turgan bo‘lardi. Lekin hech kim da’vo qilib kelmagan. Mahalla faoli ham uning bu so‘zlarini quvvvatlab, jumladan, shunday dedi: “Odamlar shaharning narigi chekkasidan, hatto Amerikadan, Germaniyadan ‘otamning, onamning qabrini buzishayotgan emish’, deb telefonlar qilishyapti ekan. Odamlar kelib, ko‘rib, hech kimning qabri buzilmaganiga guvohi bo‘lishdi”.

    Foto: Musulmonbek Ibrohimov / “Daryo”

    “ ‘Mulla Qosim’ qabristoni 1991-yili ochilgan bo‘lsa, 2010-yili yopilgandi. Qaytadan ochilganiga to‘rt oy bo‘ldi”, — deydi qabriston go‘rkovi, 10 yildan beri mozorga qarab turgan mas’ul. Uning ta’kidlashicha, qurilishning tepasida o‘zi turibdi, “hech qanday qabr ochilgani yo‘q, suyak ham chiqmagan”. “Har qanday joyda suyak chiqib qolsa, uni hurmat, ehtirom qilib qabriga ko‘miladi. Lekin bu yerda — guvoh sifatida, mana, yoshi ulug‘ oqsoqollar ishtirok etayapti — bunday holat bo‘lgani yo‘q. Qolaversa, qabriston tarafni kovlash, u tomonga o‘tish bo‘lgani ham yo‘q”, — deya qo‘shimcha qildi Toshkent shahar imom-xatibi.

    Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov.

    Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov.
    Foto: Musulmonbek Ibrohimov / “Daryo”

    “Bog‘cha oldiga to‘kilgan tuproq qabristondan emas, masjid yeridan olingan. Bog‘cha atrofi axlatxona bo‘lib yotgani uchun, o‘sha yerga yoyib yuborish uchun tuproq olib borilgan. Kecha kechqurun ekskavator olib bordik, Facebook’da videosi chiqqan joyni tekislab, qaradik — bitta ham suyak chiqqani yo‘q. 50 yil avval dafn qilingan odamning bosh, tos suyagi bormog‘igacha turadi. Agar ekskavatorchi odam suyagini olganida edi, bitta suyakni olmasdi va umuman suyaklarni ko‘rgan bo‘lardi. Ya’ni, bu yerda suyak yo‘q. Mahalla faollari, guvohlar bilan borib, ataylab tasvirga ham oldik. Birorta suyak chiqmadi. Oramizda qassoblar ham bor — ko‘ringan suyak inson emas, mol suyagi ekanini aytishyapti, go‘rkov ham buni biladi”, — dedi mahalla faollaridan biri.

    Foto: Musulmonbek Ibrohimov / “Daryo”

    “Mulla Qosim” qabristonida qabrlar buzilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi tasdiqlanmagan ovozalarni eshitib kelgan ayollardan birining aytishicha, qabrlarning hech bir joyiga tegilmagan, faqat bir necha ramziy yodgorlik chetga olib qo‘yilgan.

    “Dinozavr suyagini ko‘rdim”. U hozir ekspertizada

    Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida “Daryo” muxbiri bolalar bog‘chasi oldida qoldirilgan tuproq orasida odam suyaklari bor degan taxmin bilan uni videoga olgan fuqarodan ham intervyu oldi. “Elobod” mahallasidagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari hisoblangan Stella Nigmatulinaning aytishicha, tuproq uyumlari orasidagi suyaklarni uning o‘g‘li ko‘rib qolgan.

    Stella Nigmatulina (o‘ngda).

    Stella Nigmatulina (o‘ngda).
    Foto: Musulmonbek Ibrohimov / “Daryo”

    “Ko‘chada sayr qilib yurgan edik. O‘g‘lim ‘dinozavr suyagini ko‘rdim’, deb qoldi. Borib qarasak, odamnikiga o‘xshash ikkita suyak. Keyin boshqa hamkasbimni ham o‘sha yerga chaqirdim. Suyaklarni videoga olib, ijtimoiy tarmoqqa joyladik. Ikkala suyakni esa o‘sha yerdagi shiferlar tagiga qo‘yib qo‘ydik. Keyin hokimlik vakillari kelishdi va mendan ‘suyak qayerda?’ deb so‘rashdi, ammo qo‘ygan joyimizdan topilmadi. Bizda yana bir kichikroq suyak bor edi. Atayin biz uni joyida qoldirmagandik. Chunki mas’ullar kelsa bu ham yo‘qolib qolishi mumkinligini o‘ylagandik”, — dedi u.

    Stella Nigmatulinaning qo‘shimcha qilishicha, u saqlab qolingan bir dona suyakni Mirzo Ulug‘bek tuman IIBga espertiza uchun topshirgan. Ekspertiza xulosalari qachon e’lon qilinishi esa hozircha noma’lum.

    Ma’lumot o‘rnida: Islomda qabriston atrofiga bino va inshootlar qurish tartibi qanday?

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisning birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov bu haqda shunday dedi:

    “Shunday qabristonlar borki, mayit ko‘mish to‘xtatilganiga 50—100 yil yoki undan ham ko‘p bo‘lgan, foydalanish tugagan. Agar ehtiyoj tug‘ilib, qabriston o‘rnidan yo‘l yoki katta inshoot tushish kerak bo‘lsa — shunday holatlar ham bo‘lgan, kitoblarimizda ham ko‘rsatilgan — qabrlar ochilib, suyaklari ehtirom bilan boshqa qabrga ko‘miladi. So‘ng shu joyga qurilish qilinaveradi. Agar qabristondan foydalanilmayotgan bo‘lsa, shariatda bunga ijozat berilgan. Lekin foydalanib turilgan, hozirgi kunda mayitlar dafn qilinayotgan qabriston bo‘lsa, unga tegilmaydi. ‘Mulla Qosim’ — foydalanilayotgan qabristonlar sirasiga kiradi. Bu narsa e’tiborga olingani holda, masjid o‘z o‘rniga qurilmoqda”.

    30.01.2020, 23:22   Izoh (0)   151387
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Markaziy bank raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    30.01.2020, 22:42

    Alisher Shodmonov: Xitoy fuqarolarining O‘zbekistonga kirib kelishini vaqtinchalik cheklash tarafdoriman

    30.01.2020, 22:12

    “Chiroqchi voqeasi” bo‘yicha qamoqqa olinganlardan biri IIB boshlig‘i ekanligi aytilmoqda

    30.01.2020, 21:56

    O‘zbekistonda atamalar komissiyasi tashkil etildi

    30.01.2020, 20:10

    O‘zbekistonda migrantlarga uy ajratish tartibi belgilandi

    30.01.2020, 19:39

    Paxtachidagi maktabda o‘quvchilarni jazolash uchun sovuqqa olib chiqib qo‘ygan o‘qituvchiga chora ko‘rildi

    30.01.2020, 19:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.