O‘zbekiston Prezidenti farmoniga asosan Behzod Hamroyev O‘zbekiston Markaziy banki raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi rais o‘rinbosari pul-kredit siyosati, monetar operatsiyalar, statistika va tadqiqotlar yo‘nalishlaridagi ishlarga rahbarlik qiladi.
Mazkur tayinlovga qadar Behzod Hamroyev Markaziy bankning pul-kredit siyosati departamenti direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi. Behzod Hamroyev 1983-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan, 2006-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda 2016-yilda Yaponiyada Siyosiy fanlar milliy institutini tamomlagan. U ekonometrika va statistika bo‘yicha magistr darajasiga ega.
Behzod Hamroyev o‘z mehnat faoliyatini O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligida boshlagan, Markaziy bank tizimida 2008-yildan buyon ishlaydi.
Izoh (0)